Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
200 ming so‘mlik pul muomalaga chiqarildi
Markaziy bank 2024 yilga mo‘ljallangan 200 ming so‘mlik banknot chiqarilishi nima sababdan tezlashtirilgani bo‘yicha izoh berdi.

Bugun, 15 iyul O‘zbekistonda 200 ming so‘mlik banknota muomalaga chiqarildi.
Yangi banknot ham Buyuk ipak yo‘li tematikasida. Uning dizayni Farg‘ona vodiysining qadimiy tarixiga bag‘ishlangan.
Markaziy bankning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, 200 ming so‘mlik banknotlarni chiqarishdan maqsad – naqd pulda to‘lovlarni amalga oshirishda aholiga qulaylik yaratishdir.
“Jahon tajribasida soha mutaxassislarining tavsiyalariga ko‘ra, eng katta nominaldagi banknotlarning jami muomaladagi naqd pullardagi salmog‘i 50 foizga yaqinlashganda kattaroq nominaldagi banknotni muomalaga chiqarish choralarini ko‘rish lozim.
Tahlil natijalariga ko‘ra, 2022 yil 1 iyul holatiga 100 000 so‘mlik banknotlarning jami muomaladagi naqd pullardagi salmog‘i yil boshidagi 34,8 foizdan 43,4 foizga ko‘tarilganini ko‘rsatdi.
Iqtisodiyot kengayishi ortidan naqd pul aylanmasi, muomaladagi naqd pullar hajmining oshgani va o‘sish dinamikasining davom etayotgani 200 000 so‘mlik banknotni muomalaga chiqarish jarayonini tezlashtirish zaruriyatini yuzaga keltirdi”, – deyiladi Markaziy bank izohida.
O‘zbekistonda barcha qog‘oz pul belgilari Buyuk ipak yo‘li mavzusidagi yangi banknotlarga almashtirilmoqda. Bu tematikadan tashqarida qolayotgan yagona kupyura – ming so‘mlik esa tanga shakliga o‘tkaziladi. Ming so‘mlik tanga dizayni hozircha e’lon qilinmadi, dizaynni Senat kengashi ma’qullagan.
Madina Ochilova,
Abdusalim Abduvohidov,
Kun.uz
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00
-
Xitoylik olimlar razvedka va qutqaruv operatsiyalari uchun kiber-ari yaratdi
Fan-texnika | 20:34
-
Sud Trampning tug‘ilish holati bo‘yicha AQSh fuqaroligini berishni cheklashga oid farmonini blokladi
Jahon | 19:55
-
AQSh Davlat departamenti 1,3 mingdan ortiq xodimini ishdan bo‘shatishga qaror qildi - AP
Jahon | 19:35
Mavzuga oid

21:57 / 08.07.2025
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 6 oy ichida ilk marta kamaydi

12:40 / 25.06.2025
Bankni tugatishga oid qoidalar belgilandi

22:56 / 20.06.2025
So‘m 5 kunda 2 foizga mustahkamlandi. Bunga nimalar ta’sir qilyapti?

09:17 / 20.06.2025