YeI rossiyalik oligarxlarning deyarli 14 mlrd yevrolik aktivlarini blokladi
Yevropa ittifoqining adliya bo‘yicha komissari Dide Reyndersning ta’kidlashicha, muzlatilgan aktivlarning aksariyati - 12 mlrd yevrodan ortig‘i - faqat beshta Yevropa ittifoqi davlatiga to‘g‘ri keladi.

Foto: Picture Alliance
Rossiyaning Ukrainaga qarshi agressiv urushi boshlanganidan beri Yevropa ittifoqi davlatlari rus oligarxlarining taxminan 13,8 mlrd yevroga teng bo‘lgan hashamatli yaxtalari, ko‘chmas mulklari va boshqa aktivlarini muzlatib qo‘ydi. Oligarxlar va sanksiyalarga duchor bo‘lgan tashkilotlar endi ulardan foydalanish imkoniga ega emas, dedi Yevropa ittifoqining adliya bo‘yicha komissari Dide Reynders 12 iyul, seshanba kuni Pragada bo‘lib o‘tgan YeI yig‘ilishi chog‘ida.
Shu bilan birga, dpa agentligi xabar berishicha, u muzlatilgan aktivlarning aksariyati - 12 mlrd yevrodan ortig‘i - faqat beshta a’zo davlat hududiga to‘g‘ri kelishiga e’tibor qaratdi. Belgiyalik siyosatchi bu mamlakatlarni ochiqlashdan bosh tortdi va faqat ittifoqning boshqa davlatlari ham shunday qilishlari kerakligini aytdi.
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan beri Yevropa ittifoqi bir qator rossiyalik oligarxlarni urushni qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblab, sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Mart oyi boshida oligarxlar aktivlarini qidirishda a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yaxshilash uchun Yevropa ittifoqining maxsus bo‘linmasi tashkil etilgan edi.
May oyi oxirida Yevrokomissiya oligarxlar va sanksiyalar ro‘yxatidagi boshqa shaxslar sanksiyalarni chetlab o‘tishga harakat qilsa, qoidalarni kuchaytirishni taklif qildi. Bunday holda ularning mol-mulki musodara qilinishi mumkin. Yevropa ittifoqi davlatlari allaqachon bu taklifni ma’qullagan. Bundan tashqari, muzlatilgan aktivlardan urushda vayron bo‘lgan Ukrainani tiklash uchun foydalanish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent-sitida LVMH flagman do‘koni ochilishi mumkin
O‘zbekiston | 23:57 / 11.06.2025
-
Hongkong milliy xavfsizlikka tahdid tufayli birinchi marta videoo‘yinni taqiqladi
Jahon | 23:50 / 11.06.2025
-
Tramp 9 ming noqonuniy migrantni Guantanamo qamoqxonasiga yubormoqchi
Jahon | 23:15 / 11.06.2025
-
1-sinfga qabul 20 iyundan boshlanadi
O‘zbekiston | 22:45 / 11.06.2025
Mavzuga oid

20:55 / 02.06.2025
Yil boshidan beri rossiyalik oligarxlarning boyligi 22 milliard dollardan oshdi

00:31 / 24.04.2025
Keniya prezidenti rossiyalik olirgarxning pullarini yuvishda ayblanmoqda

15:55 / 23.12.2024
The Insider: RF oligarxlari sanksiyalar ostida ham YeIda pul ishlashyapti

17:38 / 04.11.2024