Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jaziramada borishga arziydigan qishloq - G‘ova | Manzil
“Manzil” loyihasi yurtimizning ajib maskanlarini tanishtirishda davom etadi. Bu safar Namangan viloyati Chust tumanining shimoliy qismida, qo‘shni Qirg‘iziston bilan chegara hududda, tog‘ oralig‘ida joylashgan G‘ova qishlog‘iga sayohat qilamiz.

Tiniq va zilol suv oquvchi G‘ovasoy, musaffo havosi bilan G‘ova qishlog‘i uzoq yillardan buyon vodiy ahlining dam olish, hordiq chiqarish maskaniga aylanib ulgurgan.
Qishloq kartoshka yetishtirishga ixtisoslashgan, bu yerda kartoshka ekmaydigan xonadonni topish amrimahol. Dehqonchilikning qiziq tomoni shundaki, ekinni yerga qadash, unga ishlov berish va hosilni yig‘ish ishlarida ot va eshaklar yordamidan foydalaniladi.
Qishloqda kartoshka shunchalik ko‘p ekiladiki, mavsumda qishloq hududida kartoshkani ulgurji sotuvchi alohida bozor tashkil qilinadi. Dehqonlarning aytishicha, ba’zida bu bozordan kuniga 500 tonnagacha kartoshka boshqa hududlarga sotilar ekan.
Ming marta eshitgandan bir marta ko‘rgan afzal deyishganidek, G‘ova qishlog‘ini ham o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishni tavsiya etamiz.
Tohirjon Tursunov,
Boymirza Xalilov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uchun maxsus.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ boshlig‘i intizomiy javobgarlikka tortildi
O‘zbekiston | 09:55
-
YeI va Xitoy iqlim bo‘yicha yaqinroq hamkorlik qilmoqchi
Jahon | 09:54
-
"Markaziy Osiyo – Markaziy Amerika" ekspertlar platformasi yaratiladi
O‘zbekiston | 09:22
-
Zarema Musayevaga yangi ish bo‘yicha 4 yil qamoq so‘raldi
Jahon | 09:08
Mavzuga oid

10:00 / 07.05.2025
“Telefonda gaplashish uchun shu cho‘qqiga chiqardik” - qishloqlarda aloqa, internet qanday?

16:35 / 12.04.2025
“Qishloqda yashab ham kam bo‘lmadik” - qo‘shtepalik bog‘bon

14:56 / 01.04.2025
Chustda yordamchisini kaltaklagan sud raisi jarimaga tortildi

14:38 / 01.04.2025