O‘zbekiston | 09:00 / 12.07.2022
25093
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

HUAWEI kompaniyasi MateBook D 15 – ish, o‘qish va sayohat uchun mo‘ljallangan noutbuk sotuvi boshlanganini e’lon qiladi

O‘zbekiston Respublikasi hududida 31 iyulgacha yangi MateBook D 15 xarid qilganda xaridorlar kafolatlangan sovg‘alar: FreeBuds 4i simsiz quloqchinlari va Korzinka do‘konlar tarmog‘ida xarid qilish uchun 200 000 so‘mlik vaucher egasiga aylanadi.

Kattaroq ekran – ko‘proq imkoniyatlar

Noutbuk 1920 x 1080 piksel o‘lchamli 15,6 dyuym IPS displeyiga ega, bunda ekran atrofidagi hoshiyalar qalinligi 5,6 mm dan oshmaydi. MateBook D 15 qulayroq foydalanish amaliyoti uchun ko‘z charchashini kamaytiruvchi TÜV Rheinland'ning ko‘k rang va miltillashga qarshi sertifikatiga ega.

HUAWEI MateBook D 15 minimalist, zamonaviy va qimmat ko‘rinadi. MateBook D 15 modelining og‘irligi 1,53 kg, diagonali 15,6 dyuym. Og‘irligi va qalinligi kam bo‘lishiga qaramay, noutbukning zamonaviy, silliq korpusi juda bardoshli va urinishlarga chidamli.

Qurilmalar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishning yangi imkoniyatlari

Multiekran funksiyasi qurilmalar bir zumda bir-biriga ulangandan so‘ng fayllarni osongina almashish va ovozli va videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkonini beradi. Noutbukda telefondan faylni ochish, tahrirlash va darhol telefonga qaytarib saqlash mumkin, bu juda qulay va amaliy ahamiyatga ega. Shuningdek, foydalanuvchilar MateBook ekranidagi smartfondan bir vaqtning o‘zida turli ilovalarga ega 3 ta oyna ochishlari mumkin. Multitasking endi hamma uchun mavjud.

Veb-kameraning xavfsiz ishlashi

Yana bir xavfsizlik xususiyati veb-kameradir. Endi uni stikerlar bilan yopishtirish yoki maxsus pardalar sotib olish shart emas. Kamera klaviaturadagi mexanik tugmacha ostiga o‘rnatilgan bo‘lib, bosilganda faqatgina foydalanish uchun kerak bo‘lganda ochiladi va bir marta bosish bilan yopiladi. Chizilmaydi va changlanmaydi. Ushbu ergonomik yechim tufayli noutbuk ekranining yuqori qismida yupqa romlarga erishiladi.

MateBook D 15 8 GB DDR4 RAM va Space Grey/Mystik Silver rangdagi 256 GB/512 GB SSD bilan jihozlangan ikkita i3/i5 versiyada taqdim etiladi.

 

Website

Instagram

Facebook

Telegram

Reklama

Mavzuga oid