Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dizaynerlar o‘t o‘sadigan kiyimlarni taqdim etishdi
Moda sanoati tabiat va inson o‘rtasidagi bog‘liqlikni tafakkur qilishda davom etmoqda: Loewe dizayn uyi haqiqiy o‘tlar bilan bezatilgan to‘plamni taqdim etdi.

Foto: Unsplash
2022 yil iyun oyida Parijdagi moda haftaligida ispaniyalik dizayner Jonatan Anderson Loewe modalar uyining kreativ direktori, dizayner Paula Ulgari Eskalona bilan birgalikda 2023 yil bahor-yozi uchun mo‘ljallangan erkaklar kiyimi kolleksiyasini taqdim etdi. U «tabiiylik va sun’iylik uyg‘unligiga» bag‘ishlangan.
Turli matolardan tikilgan kiyimlarga mox, yalpiz va chia kabi o‘simliklar qo‘shilgan. Eskalona ustki kiyimlar, sportcha shim va poyabzaldagi bu o‘simliklarni 20 kun davomida maxsus issiqxonalarda o‘stirgan.
O‘simliklar doimiy ravishda sug‘orilishi kerak, shu jumladan, ko‘rgazma paytida ham. Shuning uchun kiyimlarda suvli dog‘lar qoladi. Dizaynerlar fikriga ko‘ra, bu vaqt o‘tgan sayin har qanday predmetlarning tabiat bilan birlashishini ko‘rsatadi.
Ba’zi kiyim modellariga kichik ekranlar o‘rnatilgan bo‘lib, ko‘rgazma davomida qushlar, quyosh botishi va dengiz hayoti tasvirlari namoyish etilgan.
Kiyim ishlab chiqarish atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. 2020 yilda to‘qimachilik sanoatining CO2 chiqindi miqdori transport sohasinikidan ham ko‘p bo‘lgan. Bundan tashqari, matolarning 85 foizi ekologik toza bo‘lmagan paxta va poliesterdan iborat. Paxta ko‘p suv va insektitsidlarni talab qiladi, poliester esa neftdan tayyorlanadi.
Bu muammoni ekologik toza xomashyo yordamida hal qilish mumkin. Masalan, Londonning Asmuss kompaniyasi kanakunjutdan kiyim tikishga erishdi. Kanakunjut oziq-ovqat mahsuloti emas, u tez o‘sadi va ko‘p suv talab qilmaydi. U ko‘plab sintetik va tabiiy matolarga ekologik toza muqobil bo‘lishi mumkin.
Yana bir yechim - xomashyoni qayta ishlash. IKEA okeandagi plastik chiqindilarni qayta ishlash orqali matolar kolleksiyasini yaratdi. Adidas ham poyabzalning ustki qismini yaratish uchun okean plastigidan foydalanmoqda. Uniqlo 2020 yilda qayta ishlangan tivitdan kurtkalar ishlab chiqardi. Unda avvalgi kolleksiyalardan olingan tivit
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

11:11 / 03.05.2025
Misr O‘zbekistonda sport kiyimlarini ishlab chiqarishi mumkin

08:50 / 23.09.2024
Britaniya Moda kengashi o‘zbek milliy brendlarini targ‘ib qilishda yordam beradi

14:32 / 29.02.2024
Italiya O‘zbekistonda bolalar uchun tayyor kiyim ishlab chiqarishga qiziqish bildiryapti

11:09 / 09.09.2023