Belarusda «milliy xavfsizlikka tahdid» yuzaga keltirganlarning mamlakatdan chiqishi taqiqlanadi
Belarus parlamentiga «Chetga chiqish tartibi to‘g‘risida»gi yangi qonun loyihasi kiritildi. Agar u qabul qilinsa, «siyosiy» ma’muriy ishlarga aloqador shaxslarga va xavfsizlik xizmati xodimlariga o‘z boshliqlarining ruxsatisiz mamlakatdan chiqish taqiqlanadi.

Foto: Picture Alliance
Belarus «milliy xavfsizlik manfaatlariga zid bo‘lgan» fuqarolarga mamlakatni tark etishni taqiqlashi mumkin, deb xabar berdi Zerkalo.io 11 iyul, dushanba kuni. Unga ko‘ra, tegishli hujjat – «Belarus Respublikasidan (BR) chiqish va Belarus Respublikasi fuqarolarining Belarus Respublikasiga kirishi tartibi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi 23 iyun kuni parlamentga kiritilgan.
Shuningdek, «boshqaruv tartibiga qarshi ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish» moddasi bo‘yicha ish ochilgan, hali sud qarori chiqarilmagan shaxslarning ham chiqib ketishi taqiqlanadi. Zerkalo.io’ning aniqlik kiritishicha, gap, xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning «siyosiy» moddalari: mansabdor shaxsning qonuniy talabiga bo‘ysunmaslik, ommaviy tadbirlarni o‘tkazish tartibini buzish bo‘yicha ta’qiblar haqida ketmoqda.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari Belarusni faqat rasmiylar bilan kelishilgan holda tark etishlari mumkin bo‘ladi. Bungacha ushbu qoida yozilmagan tarzda amalga qilgan. Tartib, shuningdek, harbiy xizmatchilarga, harbiy tuzilmalarning xizmatchilari va fuqarolik xodimlariga, shuningdek, Belarus harbiylashtirilgan tashkilotlariga ham tegishli.
Biometrik pasport Belarusdan chiqib ketish yoki mamlakatga kirish uchun ruxsat beruvchi rasmiy hujjatlar ro‘yxatiga kiritiladi.
Qonun loyihasi sentabr oyida parlamentning kuzgi sessiyasida ko‘rib chiqilishi kerak. Kuchga kirishi uchun u Vakillar palatasi tomonidan qabul qilinishi, keyin esa Respublika kengashi tomonidan tasdiqlanishi lozim. Hujjat Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko tomonidan imzolanganidan keyin u qonun maqomiga ega bo‘ladi va Milliy yuridik internet portalida rasman e’lon qilinadi. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining hokimiyat ruxsatisiz chiqib ketishini taqiqlash qonun qabul qilingandan keyin ikki oy o‘tgach, boshqa o‘zgartirishlar - hujjat e’lon qilinganidan keyin darhol kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ozarboyjonda yetti nafar jurnalist uzoq muddatga qamaldi
Jahon | 13:20
-
«Bu safar Yevropa yordam bera olmaydi» – Yevropa vakillarining Eron bilan muzokaralari samarasiz yakunlandi
Jahon | 13:16
-
O‘zbekiston Xitoydan 200 ta elektrobus sotib olishi mumkin
O‘zbekiston | 13:09
-
O‘zbekistonda Volkswagen avtomobillarini ishlab chiqarish qachondan boshlanadi?
O‘zbekiston | 12:58
Mavzuga oid

11:39 / 20.06.2025
Latviya Rossiya va Belarus fuqarolariga ko‘chmas mulk sotib olishni taqiqladi

15:34 / 19.06.2025
O‘zbekiston bozoriga Belarusdan mol go‘shti maqbul narxlarda yetkazib berilishi mumkin

13:35 / 19.06.2025
Belarus demokratik kuchlari YeI qo‘mitasi bilan memorandum imzoladi

09:11 / 05.06.2025