Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farzandi xususiy bog‘cha va maktabga boradigan ota-onalarga soliqdan yengillik beriladi
Nodavlat bog‘cha va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlari daromad solig‘idan ozod etiladi. Tegishli qonun Senatda ma’qullandi. Qonunda yana bir nechta soliq yengilliklari nazarda tutilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Senatning 8 iyul kungi yalpi majlisida Soliq va Bojxona kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishga oid qonun ma’qullandi.
Mazkur qonun bilan quyidagi o‘zgarishlar kutilmoqda:
- mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i stavkasi
tushiriladi; - farzandlariga bog‘cha va maktablar ko‘rsatadigan ta’limga oid xizmatlar uchun ota-onalar (farzandlikka oluvchilar) tomonidan to‘lanadigan oyiga 3 mln so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlar daromad solig‘idan ozod etiladi;
- talabalarning OTM hududida tashkil etgan pulli o‘quv kurslari, sport to‘garaklari va boshqa ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishdan olingan daromadlari jami daromadlar tarkibiga kiritilmaydi;
- nodavlat bog‘chalar va maktablar, shu jumladan, davlat-xususiy sherikchiligidagi nodavlat bog‘cha va maktablarning qonunchilikda belgilangan ayrim turdagi xarajatlari jami daromadlar tarkibiga kiritilmaydi;
- belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha tibbiyot asbob-uskunalari va buyumlarining ehtiyot qismlari hamda tibbiyot maqsadlari uchun sarflash materiallari importi QQSdan ozod qilinadi;
- chakana savdo va umumiy ovqatlanish, mehmonxona, avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashish, transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, kompyuter xizmatlari, maishiy texnikani ta’mirlash, agro va veterinariya hamda ko‘ngilochar markazlarda xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’yektlari uchun ijtimoiy soliqning 1 foizlik stavkasi qo‘llaniladi.
Eslatib o‘tamiz, prezident shu yil yanvarda imzolagan farmonga asosan, nodavlat bog‘cha va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning oyiga 3 mln so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlarini daromad solig‘idan ozod etish tartibi 2022 yil 1 apreldan amal qilishi belgilangan edi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yakuniga yetgan imtihonlar, Chorvoq va Sheroboddagi o‘rmon yong‘inlari – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 21:15
-
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
Jahon | 21:02
-
Defitsit qisqargan, gaz va oltin sotish ko‘paydi – O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
Iqtisodiyot | 20:22
-
HAMAS G‘azo bo‘yicha kelishuvning joriy matnini rad etdi va tuzatishlarni taklif qildi
Jahon | 20:17
Mavzuga oid

11:40 / 23.07.2025
Senat chiqindidan qarz sabab elektrga to‘lov qilolmaslik mexanizmini tanqid ostiga oldi

12:20 / 16.07.2025
Qoraqalpog‘istondagi tumanda issiq tufayli bog‘chalar yopildi

17:42 / 08.07.2025
UzIMEI bo‘yicha vazir Shermatovga senator so‘rovi yuborildi

16:47 / 02.07.2025