Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Texas: tashlab ketilgan furadan 46 kishining jasadi topildi
AQShning Texas shtati San-Antonio shahri atrofida tashlab ketilgan yuk mashinasi bortidan kamida 46 kishining jasadi topildi, ular migrantlar ekani taxmin qilinmoqda.

Foto: Getty Images
Yong‘in xavfsizligi xizmati vakili xabar qilishicha, 16 kishi, jumladan to‘rt bola shifoxonaga yetkazilgan. Omon qolganlar issiq urishi va uzoq vaqt davomida suvsiz qolishdan aziyat chekkan.
Amerika-Meksika chegarasidan 250 km ichkarida joylashgan San-Antonio kontrabandachilar tranzit marshrutining asosiy punktlaridan sanaladi. San-Antonio Yong‘in xavfsizligi xizmati boshlig‘i Charlz Hudning aytishicha, qutqaruvchilar odam o‘limi haqidagi xabar kelib tushgach, voqea joyiga mahalliy vaqt bilan soat 18:00 atrofida (Toshkent vaqti bilan yarim tundan og‘ganda) yetib kelishgan. Yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlari yonida jasad yotgan treylerni aniqlashgan. Ular eshikni ochishganida ichkarida yana ko‘plab jasadlarni ko‘rishgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, yuk mashinasida konditsioner ishlamagan va treyler ichkarisida suv bo‘lmagan.
San-Antonioda hozirda yoz issiq kechmoqda va dushanba kuni harorat 39,4 darajaga chiqqan.

KSAT telekanali xabariga ko‘ra, avtomobil San-Antonio shahri janubi-g‘arbiy qismidagi temiryo‘l yoqasida topilgan. San-Antonio politsiyasi boshlig‘i Uilyam Makmanus tergov federal agentlarga o‘tgani, uch kishi hibsga olinganini ma’lum qilgan.
Meksika tashqi ishlar vaziri Marselo Ebrard mamlakat konsuli voqea joyiga yo‘l olganini ma’lum qilgan, ammo hozircha qurbonlar qaysi mamlakat fuqarolari ekani tasdiqlanmagan. Texasning respublikachi gubernatori Greg Ebbott odamlar o‘limida AQSh prezidenti Jo Baydenni ayblagan va bu holat uning «ajalvor ochiq chegaralar siyosati» natijasi ekanini aytgan.
Ebbotning raqibi, Demokratik partiya nomzodi Beto O'Rurk kontrabandachilar tarmog‘ini yo‘q qilish uchun tezkor harakatlarga kirishish va buning o‘rniga legal migratsiya uchun imkoniyatlarni kengaytirishni taklif etgan.
Immigratsiya Qo‘shma Shtatlarda bahsli siyosiy masala hisoblanadi, o‘tgan yilda mamlakat chegarasini Meksika orqali kesib o‘tgan rekord miqdorda nolegal migrantlar qo‘lga olingan, ularning aksariyati favqulodda xavfli marshrutlarda harakatlanishgan.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57
-
“Vagner”ga yollangan o‘zbekistonlik jinoiy jazoga tortildi
Jamiyat | 21:37
-
Tramp Coca-Cola retseptini o‘zgartirishni talab qildi, kompaniya bunga rozi
Iqtisodiyot | 21:30
-
“400 mln so‘m sarflagandik” – Toshkentda hokimlik fuqarolar barpo qilgan yashil hududni auksionda sotib yubordi
Jamiyat | 21:19
Mavzuga oid

14:00 / 08.07.2025
Texasdagi suv toshqini qurbonlari soni 104 kishiga yetdi

14:36 / 07.07.2025
Texasda suv toshqini qurbonlari soni 78 kishiga yetdi

13:50 / 06.07.2025
Texasda kuchli suv toshqini oqibatlari - fotosuratlar

10:11 / 06.07.2025