Ukrainalik milliarder Rossiyani Yevropa sudiga berdi
"Azovstal" va boshqa ko‘plab sanoat korxonalari egasi bo‘lgan Axmetov o‘zining mulkka egalik huquqlari qo‘pol ravishda buzilgani uchun Rossiyadan kompensatsiya talab qilmoqda.

Foto: Picture Alliance/DPA
Ukrainalik milliarder Rinat Axmetov Rossiyaga qarshi da’vo arizasi bilan Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga murojaat qildi. Bu haqda uning System Capital Management (SCM) kompaniyalar guruhi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, "Azovstal" va boshqa ko‘plab sanoat korxonalari egasi bo‘lgan Axmetov o‘zining mulkka egalik huquqlari qo‘pol ravishda buzilgani uchun Rossiyadan kompensatsiya talab qilmoqda.
Bundan tashqari, u “SCM korxonalari tomonidan tayyorlangan g‘alla va po‘lat mahsulotlari Rossiya tomonidan olinishi va yo‘q qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun” shoshilinch choralar ko‘rilishini so‘ragan.
SCM kompaniyalari guruhi 2000 yilda tashkil etilgan. Unga DTEK, "Metinvest", "Media Gruppa Ukraina" va boshqa yirik korxonalar kiradi.
Mavzuga oid

22:41 / 05.05.2025
Rossiyada 14 yoshli qiz tasodifan oshqoshiqni yutib yubordi

21:14 / 05.05.2025
KXDR askarlarining urushdagi ishtiroki nega yashirildi-yu, nega endi tan olindi?

20:30 / 05.05.2025
Moskvada parad munosabati bilan internetga kirish cheklanadi

19:05 / 05.05.2025