O‘zbekiston Yerni masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshini ishlab chiqmoqchi
“O‘zbekkosmos” agentligi Fransiyaning “Airbus DS GEO Intelligence” kompaniyasi bilan Yerni masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshini yaratishni rejalashtirmoqda. Buning evaziga kompaniya sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini birgalikda sotish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Foto: uzspace.u
“O‘zbekkosmos” agentligi ishchi guruhi Fransiyaning Tuluza shahriga tashrifi doirasida “Airbus Defence & Space” kompaniyasi kosmik yerusti infratuzilmasi, geoaxborot ma’lumotlarini qayta ishlash markazi bilan tanishdi.
Markaz Yerni masofadan zondlash uchun qo‘llaniladigan 6 ta optik va 3 ta radarli sun’iy yo‘ldoshdan iborat bo‘lgan sun’iy yo‘ldosh turkumini boshqarish stansiyasidan iborat. Ushbu stansiya barcha parvozlarni boshqarish, sun’iy yo‘ldosh orbitalarini boshqarish va suratga olish bo‘yicha vazifalarni belgilash asosiy nuqtasidir. Taqdimot chog‘ida butun dunyo bo‘ylab yerusti stansiyalari ko‘p bo‘lishiga qaramay, ular barchasi qabul qilish uchun ishlashi va faqat shu stansiya sun’iy yo‘ldoshlarni boshqarish imkoniyatiga ega ekani ta’kidlandi.
Keyinchalik yerni masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshlaridan ma’lumotlarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan yerusti stansiyasi ko‘rsatildi. Stansiya diametri 5,5 metr bo‘lib, uni tashqi muhit ta’siridan himoya qiluvchi gumbaz mavjud. Yerusti stansiyasi 2300 km.gacha ishlash radiusiga ega, bu antenna ishlash radiusida uchuvchi bir nechta sun’iy yo‘ldoshlardan ma’lumotlarni qabul qilish imkonini beradi.
Keyinchalik, sun’iy yo‘ldoshlardan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha segment namoyish etildi. Ma’lumotlar piksel yig‘ish, sozlash, geobog‘lash kabi bir qator ishlov berish bosqichlaridan o‘tadi. Segment so‘rov bo‘yicha ishlov berilmagan tasvirlar yoki tayyor ortofotolar, relef va hudud raqamli modeli, 3D yer modellarini taqdim etishi mumkin. Qabul qilingan ma’lumotlar tahlil segmentiga o‘tkaziladi.
Markaz qishloq, suv xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, ekologiya, geologiya, yerdan foydalanish kabi turli sohalardagi muammolarni hal qilish uchun yerni masofadan zondlash ma’lumotlarini qayta ishlash ko‘nikmalarini namoyish etadi.
Fransiya tomoni taklifi asosida virtual stansiyadan foydalanish orqali yerusti stansiyasini joylashtirish bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazildi. Loyihani amalga oshirish umumiy muddati barcha texnik hujjatlarni tasdiqlash, o‘rnatish va ishga tushirish, agentlik mutaxassislarini o‘qitish muddatlarini hisobga olgan holda kamida 2 yilni tashkil etadi.
“Airbus DS GEO Intelligence” kompaniyasi sun’iy yo‘ldosh turkumi doirasida O‘zbekiston manfaatlari uchun Yerni masofadan zondlash sun’iy yo‘ldoshini yaratish imkoniyati muhokama qilindi. Ushbu mexanizm kompaniya O‘zbekiston hududidagi barcha turkumlariga eksklyuziv egalik huquqini va O‘zbekiston sun’iy yo‘ldoshidan “Airbus DS GEO Intelligence” kompaniyasi orqali ma’lumotlarni birgalikda sotish imkonini beradi.
Agentlik tomonidan mahalliy mutaxassislar malakasi va texnik salohiyatini oshirish muhimligini ta’kidladi. “Airbus DS GEO Intelligence” kompaniyasi agentlik xodimlari uchun qisqa kurslar o‘tkazish imkoniyatini tasdiqladi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pokiston Trampni Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatmoqchi
Jahon | 00:06
-
Ukraina dronlari Rossiyaga zarba berish uchun Qozog‘iston uzra uchgani ma’lum qilindi
Jahon | 23:43 / 21.06.2025
-
Tunisning sobiq prezidenti 22 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Jahon | 23:20 / 21.06.2025
-
Rossiya budjeti 2024 yilda migrantlarning patentidan 1,5 mlrd dollar ishladi
Jahon | 22:13 / 21.06.2025
Mavzuga oid

11:33 / 09.06.2025
O‘zbekistonda dalalarda somon yonishi sun’iy yo‘ldosh orqali kuzatilmoqda

00:12 / 26.05.2025
Yer qa’rida ulkan oltin zaxiralari borligi aniqlandi

12:55 / 24.05.2025
Bosh prokuratura va «O‘zbekkosmos» ekologik huquqbuzarliklarga qarshi birga kurashadi

18:43 / 08.05.2025