Samarqandda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan korxona aniqlandi
Ohak pishirish korxonasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat manfaatlariga 3,5 milliard so‘m zarar yetkazgan.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali mutaxassislari bilan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Tekshiruvda, tumandagi “Mirzo Ulug‘bek” MFY hududidagi noturar binoda fuqaro S.X. tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 4 dona ohak pishirishga mo‘ljallangan qo‘lbola yasalgan pechlarga 10 dona nostandart gaz yondirgichlarini o‘zboshimchalik bilan o‘rnatib ishlatgani natijasida, umumiy da’vo muddatidan kelib chiqqan holda davlat va jamiyat manfaatlariga 3,5 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, O‘zbekistonda uch oyda 28 million kub metrdan oshiq tabiiy gaz noqonuniy ishlatilgani ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid

19:06 / 03.03.2025
Energetika vazirligiga elektr va gaz bo‘yicha ijtimoiy me’yorlar muddatini o‘zgartirish vakolati berildi

16:47 / 03.03.2025
Elektr va gaz uchun ijtimoiy limit qayta ko‘rib chiqilishi kerak

17:31 / 28.08.2024
Elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun majburiy to‘lovlarni undirish tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi

20:55 / 23.08.2024