Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda akasi va otasini o‘ldirib ko‘mib yuborgan yigit ushlandi
Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Urgutda qotillik jinoyati sodir etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Samarqand viloyati prokuraturasi matbuot xizmati hodisa yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Unda yozilishicha, 2022 yil 7 iyun kuni soat 19:30 larda, Urgut tumani Navbog‘ ko‘chasida yashovchi fuqaro J.M. tuman IIBga murojaat qilib, otasi B.M. va ukasi Sh.M. uyida yo‘qligi, telefon raqamlari ishlamayotgani uchun ularni topishda amaliy yordam berishni so‘ragan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, J.M.ning yana bir akasi Sh.M. tuman IIBga aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilgan. U arizasida 2022 yil 15 may kuni soat 07:00 da otasi B.M. va akasi Sh.M. bilan janjallashib qolib, uy xo‘jaligida foydalangan bolta va oshxona pichog‘i bilan akasi va otasining tanasiga bir necha marotaba urib, ularni qasddan o‘ldirgani va yashash uyining tomorqasiga ko‘mganini ma’lum qilgan.
Sh.M.ning tushuntirishiga asosan uyning tomorqa qismi ko‘zdan kechirilganda, B.M. va Sh.M.ning jasadi qotillik alomatlari bilan topilgan. Holat yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan Urgut tuman prokuraturasi tomonidan Sh.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, gumonlanuvchi sifatida jalb qilingan. Jinoyat ishi bo‘yicha viloyat prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Mers Ukrainaning tiklanishi uchun zarur shartlarni sanab o‘tdi
Jahon | 14:07
-
O‘zbekistonda "Eng namunali "yashil" turizm obekti" tanlovi o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 13:58
-
Qurollarini topshirgan kurdlar, Boeing halokati yuzasidan dastlabki hisobot va yagona aviatashuvchisidan ayrilayotgan Rossiya – kun dayjesti
Jahon | 13:30
Mavzuga oid

17:56 / 10.07.2025
Kiyevda Ukraina xavfsizlik xizmati polkovnigi otib ketildi

17:42 / 07.07.2025
Avstraliyalik ayol qarindoshlarini zaharli qo‘ziqorin bilan o‘ldirdi

21:41 / 01.07.2025
Britaniyada qotil-hamshira ishi bo‘yicha yana uch kishi hibsga olindi

15:42 / 27.06.2025