Chetlatish, avtogol va penaltilar. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Iroqni mag‘lub etib, Osiyo kubogi U-23 yarimfinalga yo‘llanma oldi

Foto: Tribuna.uz
Osiyo kubogi U-23 chorakfinali doirasidagi O‘zbekiston olimpiya jamoasi va Iroq o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi.
Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida 32 700 nafar tomoshabin qarshisida o‘tgan shiddatli va murosasiz bahs kutilmagan ssenariy ostida boshlandi.
12-daqiqadayoq darvozabon Abduvohid Ne’matov o‘z jarima maydoni ichida oddiy vaziyatda iroqlik futbolchini tirsagi bilan urib, yiqitgach vaziyatga VAR aralashdi.
Oqibatda saudiya arabistonilik bosh hakam darvozabonni chetlatib, penalti belgiladi. Ramazon Juma 11 metrlik nuqtada adashmadi – 0:1.
Temur Kapadze shogirdlari 10 kishi bo‘lib qolganiga qaramay, 45+5-daqiqaga kelib penaltidan hisobni tenglashtirishdi. Hojimat Erkinovga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikdan so‘ng belgilangan 11 metrlik jarima zarbasini Jasur Jaloliddinov golga aylantirdi – 1:1.
Ikkinchi bo‘limning 50-daqiqasida vakillarimiz stadionni larzaga keltirishdi. Qarshi hujumda Norchayev va Erkinov kombinatsiyasidan keyin raqib o‘yinchisi avtogol muallifi bo‘ldi – 2:1.
Biroq olimpiyachilarimizning quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi. 68-daqiqada Ammar G‘olib chap qanotdan hujumga o‘tib, Vladimir Nazarov darvozasini ishg‘ol etdi – 2:2.
Bu esa yakunda jamoalarning qo‘shimcha bo‘limlarni o‘tkazishiga olib keldi. Ammo qo‘shimcha ikki 15 daqiqalik taymlarda ham g‘olib aniqlanmagach, jamoalar penaltilar seriyasiga taklif etildi.
Lotoreyada esa omad O‘zbekistonga kulib boqdi. Darvozabon Vladimir Nazarov iroqlik futbolchilarning bitta zarbasini qaytargan bo‘lsa, ikki zarbani yo‘llashda esa raqiblar xatoga yo‘l qo‘yishdi va yakunda O‘zbekiston yarimfinalga yo‘llanma oldi – 3:2
Shu tariqa, O‘zbekiston final yo‘llanmasi uchun kurashda Janubiy Koreya va Yaponiya juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi. Bahs 15 iyun kuni «Bunyodkor» stadionida o‘tadi.
11 iyun (shanba)
Osiyo kubogi U-23. Chorakfinal
O‘zbekiston – Iroq – 2:2 (1:1)
Penaltilar seriyasi: 3:2
Toshkent, «Paxtakor» stadioni, 32 700 tomoshabin.
Gollar: Jasur Jaloliddinov 45+5 penaltidan, Hussayn Ammar 50 avtogol – Ramazon Juma 19 penaltidan, Ammar G‘olib 68.
O‘zbekiston: 1.Abduvohid Ne’matov (12.Vladimir Nazarov, 14), 3.Doston Tursunov, 5.Muhammadqodir Hamroliyev, 7.Hojimat Erkinov (22.Alisher Odilov, 112), 9.Ulug‘bek Hoshimov (20.Ruslanbek Jiyanov, 62), 10.Jasur Jaloliddinov (14. Abbosbek Fayzullayev, 79), 13.Eldor Begimov (2.Saidazamat Mirsaidov, 62), 17.Diyor Xolmatov, 18.Alibek Davronov, 19.Husayn Norchayev (11.Otabek Jo‘raqo‘ziyev, 112), 23.Abdurauf Bo‘riyev.
Iroq: 22.Hassan Hussayn, 3.Ahmad Hassan, 4.Hussayn Ammar, 8.Momal Ogali, 9.Ramazon Juma, 13.Ali Majid Al-Rubayi, 14.G‘ozi Solih, 15.Muhammad Guraibavi, 16.Muntahar Abdulamir, 19.Hasan Matruk, 20.Aleksander Araoxa (11.Muntahar Muhammad, 46).
Chetlatish: Abduvohid Ne’matov, 12.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Damashqdagi cherkovda terakt sodir etildi. 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 01:21
-
Organizmdagi «qariyotgan» hujayralarni aniqlashning yangi usuli ishlab chiqildi
Fan-texnika | 00:30
-
Yakson qilinmagan, lekin jiddiy zarar - Pentagon Eronga qarshi operatsiya tafsilotlarini ochiqladi
Jahon | 22:44 / 22.06.2025
-
Milliarder Maykl Linchning cho‘kib ketgan superyaxtasi suv tubidan olib chiqildi
Jahon | 22:35 / 22.06.2025
Mavzuga oid

07:46 / 17.05.2024
«Penaltini urolmaganidan keyin 3 kun uxlolmay chiqdim» - Prezident O‘zbekiston U-23 jamoasi haqida

19:16 / 02.05.2024
Ispaniyami yoki Isroilga qarshi revansh? O‘zbekistonning Parij-2024dagi ehtimoliy raqiblari haqida

10:17 / 17.04.2024
O‘zbekiston U-23 jamoasining Osiyo Kubogi uchun yakuniy tarkibi e’lon qilindi - Fayzullayev va Husanov bor

16:10 / 23.11.2023