O‘zbekiston | 07:44 / 11.06.2022
21978
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahridagi nikoh uylari tugatilishi mumkin 

Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini eksterritorial tamoyil asosida qayd etish tartibi joriy etilgani munosabati bilan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari shtat birliklarini maqbullashtirish maqsad qilingan.

Loyihaga ko‘ra, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahridagi nikoh uylari faoliyati tugatiladi.

Adliya vazirligi faoliyati tugatilayotgan nikoh uylari shtat birliklarini ehtiyojdan kelib chiqqan holda boshqa tuman (shahar) fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari (FHDYo)ga o‘tkazish choralarini ko‘radi.

FHDYo bo‘limlari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda adliya vaziri tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi.

Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etish chog‘ida yo‘l qo‘yilgan xatolar munosabati bilan FHDYo bo‘limlari tomonidan takroriy guvohnomalar berganlik uchun fuqarolar gerb yig‘imidan ozod qilinadi.

Mavzuga oid