O‘zbekistonda fuqaroviy qurolni hadya etish taqiqlandi
Prezident tomonidan 31 may kuni imzolangan qonun bilan bir qator qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Foto: Anadolu agency
“Huquqiy axborot” kanali xabariga ko‘ra, “Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi. Ularga ko‘ra, prokuratura organlari xodimlari xizmat qurolini va shaxsiy himoya vositalarini qonunchilikda belgilangan tartibda saqlash, olib yurish hamda ulardan foydalanish huquqiga egaligi belgilandi (ilgari faqatgina olib yurishi mumkinligi ko‘rsatilgan).
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, o‘qotar ov qurolini, pnevmatik ov qurolini hamda uning o‘q-dorilarini haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish yoki musodara qilish asosiy tirikchilik manbai ovchilik bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin emasligi belgilandi.
Ov qilish va baliq ovlash, shuningdek hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildi.
“Qurol to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, O‘zbekiston hududida fuqaroviy qurol va uning o‘q-dorilarini hadya etish taqiqlandi.
Fuqarolar va maxsus xizmat vazifalariga ega yuridik shaxslarning xodimlari qurolga egalik qilishga qarshi ko‘rsatmalar mavjud emasligi yuzasidan davriy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Qonun bilan xizmat quroliga hamda fuqaroviy qurolga egalik qilishga monelik qiladigan kasalliklar yoki jismoniy nuqsonlar ro‘yxatlari belgilandi.
Mavzuga oid

18:04 / 18.06.2025
Eron va Isroilning harbiy salohiyati: kimda qanday qurollar bor?

15:05 / 29.05.2025
Germaniya: Kiyev bilan birgalikda qurol ishlab chiqarish tez orada boshlanadi

13:37 / 17.05.2025
Ukraina xorijdan qurol xaridlarida 770 mln yo‘qotdi

18:28 / 15.05.2025