Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Texasdagi otishmadan keyin qurol nazoratini kuchaytirishga qarshi chiqdi
AQSh sobiq prezidenti Qo‘shma Shtatlarning eng yirik qurol lobbichilaridan biri tomonidan Texasda tashkil etilgan konferensiyada, maktab o‘quvchilarining avtomat qurollar bilan otib o‘ldirilganidan uch kun o‘tib nutq so‘zladi.

Foto: Brandon Bell / Getty Images
AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp Texasdagi maktabda 19 bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan otishmadan keyin qurol nazoratini kuchaytirishga qarshi chiqdi. Bu haqda Tramp Milliy o‘qchilar assotsiatsiyasining (NRA) yillik qurultoyida aytib o‘tdi, deb xabar berdi AFP 27 may, juma kuni.
«Dunyoda yovuzlikning mavjudligi qonunga bo‘ysunuvchi fuqarolarni qurolsizlantirish uchun sabab emas. Yovuzlikning mavjudligi qonunga bo‘ysunuvchi fuqarolarni qurollantirish uchun eng yaxshi sabablardan biridir», - dedi Tramp. Uning so‘zlariga ko‘ra, qurolni nazorat qilish bo‘yicha turli choralar «ro‘y bergan dahshatning oldini olish uchun hech narsa qilib bermadi».
Sobiq prezident maktablarda xavfsizlik tizimini o‘zgartirishga harakat qilishni taklif etdi. «Hammamiz, respublikachilar va demokratlar, maktablarimizni mustahkamlash va farzandlarimizni himoya qilish uchun har bir shtatda va hukumat darajasida birlashishimiz kerak. Hozir bizga kerak bo‘lgan narsa butun mamlakat bo‘ylab maktab xavfsizligini to‘liq qayta ko‘rib chiqishdir», dedi u.
Tramp bunday «kapital ta’mirlash»ni moliyalashtirish haqida gapirar ekan, Ukrainaga 40 milliard dollarlik yordamni eslatib o‘tdi. «Agar AQSh Ukrainaga milliardlab pul yubora olsa, buni ham qila olamiz», dedi Tramp. «Biz Iroq va Afg‘onistonda trillionlab pul sarfladik va buning evaziga hech narsa olmadik. Dunyo bo‘ylab davlatlar qurishdan oldin, mamlakatimizda bolalarimiz uchun xavfsiz maktablar qurishimiz kerak», deya chaqiriq bilan chiqdi sobiq prezident.
24 may, seshanba kuni 18 yoshli o‘rta maktab o‘quvchisi Texasning Yuvald shahridagi Robb Elementary School’ga kirib, AR-15 yarim avtomatik miltiqdan o‘t ochdi. Natijada 22 kishi halok bo‘ldi - 5 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan 19 bola va uch nafar yoshi katta shaxs, jumladan, politsiya xodimlari tomonidan otib o‘ldirilgan qotilning o‘zi.
Hujum AQSh maktablariga amalga oshirilgan tajovuzlar orasida qurbonlar soni bo‘yicha tarixdagi eng ommaviy hujumlardan biri bo‘ldi. AFP agentligining qayd etishicha, yil boshidan buyon AQShda o‘qotar qurollardan foydalangan holda 200 dan ortiq ommaviy qotillik sodir etildi. Texasdagi otishmadan so‘ng, AQShda o‘qotar qurollar ustidan nazoratni kuchaytirish zarurligi haqidagi munozaralar qayta boshlandi.
«Biz millat sifatida o‘zimizdan so‘rashimiz kerak, qachon qurol lobbisiga qarshi chiqamiz? Biz harakat qilishimiz kerak. Bu qotilliklarga ta’sir ko‘rsata olmaymiz, deb gapirmang», dedi AQSh prezidenti Jo Bayden.
AFP agentligining qayd etishicha, qurol-yarog‘ning erkin muomalasini qo‘llab-quvvatlovchi eng kuchli tashkilotlardan biri NRA hisoblanadi, uning qurultoyi maktabdagi qirg‘indan atigi uch kun o‘tib Texasda bo‘lib o‘tdi va Tramp unda nutq so‘zladi. Ba’zi siyosatchilar, jumladan Texas gubernatori Greg Ebbott konferensiyada ishtirok etishdan bosh tortdi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
O‘zbekiston | 23:51 / 10.07.2025
-
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi, o‘zbekistonliklar tomonidan Shengen vizasi uchun topshirilgan arizalar soni oshdi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:48 / 10.07.2025
-
Zelenskiy Ukrainaning AQShdagi elchisini almashtirmoqchi ekanini tasdiqladi
Jahon | 23:42 / 10.07.2025
-
Rossiyalik fermerlar hosilni yig‘ish uchun migrantlar yetishmayotganidan shikoyat qildi
Jahon | 23:17 / 10.07.2025
Mavzuga oid

10:39 / 10.07.2025
Tramp Moldova va yana yetti davlatga bojlar joriy qilmoqda

22:34 / 09.07.2025
NYT: Putin Rossiya armiyasi yaqin oylarda Ukraina mudofaasini yorib o‘tishiga ishonmoqda

20:09 / 09.07.2025
Tramp Putinga nisbatan ritorikasini keskinlashtirmoqda, Kreml bunga «bosiqlik» bilan qaramoqda

14:48 / 09.07.2025