Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda haydovchilardan mashinalarni daraxt ostida qoldirmaslik so‘raldi
IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati aholidan avtomobillarni daraxt yoki kuchli shamolga chidamsiz vositalar yaqinida qoldirmaslikni so‘radi. FVV esa kuchli shamol vaqtida amal qilish zarur bo‘lgan xavfsizlik choralarini eslatib o‘tdi.

Foto: IIV YHXX
O‘zbekistonning ayrim hududlarida, shu bilan birga poytaxt Toshkentda ham shamol tezligi kuchaymoqda. Shu munosabat bilan IIV YHXX fuqarolar va haydovchilarga murojaat bilan chiqdi.
«Barcha haydovchilardan yo‘llarda ehtiyotkor bo‘lishlarini, transport vositalarini daraxt yoki kuchli shamolga chidamsiz vositalar yaqinida qoldirmasliklarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi esa kuchli shamol vaqtida amal qilish zarur bo‘lgan xavfsizlik choralarini eslatib o‘tdi:
- yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
- elektr va gaz vositalarini o‘chirish;
- ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
- ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkamligini tekshirish;
- shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti o‘tish yo‘llari va boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanish;
- ochiq maydonda yurgan hollarda pastliklar, chuqurliklar va barcha xavfsiz yerlarga yotgan holda himoyalanish;
- buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi;
- kuchli shamoldan so‘ng elektr va gaz jihozlaridan ular tekshirilgandan keyin foydalanish talab etiladi.
FVV ham avtomobillarni daraxtlar ostida qoldirmaslikni tavsiya qildi.
Avvalroq, «O‘zgidromet» 27−29 may kunlari respublika bo‘ylab ba’zi joylarda shamol tezligi 18−23 m/s.gacha kuchayishi, ba’zi tumanlarda chang-to‘zon tushishi kutilayotgani haqida xabar bergandi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yakuniga yetgan imtihonlar, Chorvoq va Sheroboddagi o‘rmon yong‘inlari – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 21:15
-
Olimlar COVID-19 pandemiyasi odamlarning miyasini qaritganini aniqladi
Jahon | 21:02
-
Defitsit qisqargan, gaz va oltin sotish ko‘paydi – O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi
Iqtisodiyot | 20:22
-
HAMAS G‘azo bo‘yicha kelishuvning joriy matnini rad etdi va tuzatishlarni taklif qildi
Jahon | 20:17
Mavzuga oid

11:23 / 25.05.2025
Toshkentda daraxt bosib qolgan bir kishi vafot etdi

22:06 / 17.05.2025
Kuchli shamol Toshkent shahri va viloyatida o‘n minglab iste’molchilarni «svetsiz» qoldirdi

16:07 / 13.01.2024
Kuchli shamol tufayli Samarqand viloyatining aholi zich yashaydigan to‘rtta hududida elektr ta’minoti o‘chirildi

12:12 / 04.07.2022