Xorazmda qarzdor korxonaga tegishli supermarket binosi sotildi

Foto: AP
Xorazm viloyati, Tuproqqal’a tumanida bankdan kredit olgan, ammo uni qaytarmagan korxonaning mulki auksionda sotildi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudi tomonidan qarzdor korxonadan «Xalqbanki» Pitnak filiali foydasiga qariyb 1,7 mlrd so‘m kredit qarzi undirish to‘g‘risida qaror chiqarilgan.
Bu haqdagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Tuproqqal’a tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.
Olib borilgan ijro harakatlari jarayonida qarzdor bank oldidagi kredit majburiyatlarini ixtiyoriy muddatda bajarmagan.
Shundan so‘ng, qarzdorga tegishli bo‘lgan supermarket binosi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi elektron onlayn-auksionlarini tashkil etish markazi orqali «E-ijro auksion» yagona elektron savdo maydonchasida savdoga chiqarilib, qariyb 1,6 mlrd so‘mga sotilib, mablag‘ kredit qarzini qoplash maqsadida bankning hisobraqamiga o‘tkazib berilgan.
Mavzuga oid

10:52
Xorazm viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi

22:08 / 24.02.2025
Xorazmda ota o‘z o‘g‘li, kelini va nabirasiga ov miltig‘idan o‘q uzdi

14:21 / 20.02.2025
Xorazm viloyati sholi yetishtiruvchilari qo‘shimcha subsidiyalar oladi

11:20 / 16.02.2025