Toshkent – Urganch – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
Uzbekistan Airways 2022 yil 21 may kuni Toshkent – Urganch – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shimcha qatnov joriy etilishini ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz
Aviakompaniya xabariga ko‘ra, qatnov quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
- Toshkentdan jo‘nab ketish: 19:40;
- Urganchga yetib borish: 21:10;
- Urganchdan jo‘nab ketish: 22:00;
- Toshkentga yetib borish: 23:20.
Qayd etilishicha, aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan 3 foiz chegirma bilan, Uzbekistan Airways Sales filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilib olish mumkin.
Bundan oldin Uzbekistan Airways ekspress aviatashuvlar oddiy parvozlardan nimasi bilan farqlanishini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid

17:44 / 27.02.2025
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida birinchi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda

08:50 / 21.02.2025
Wizz Air O‘zbekiston hududida qo‘shma aviakompaniya tashkil etishi mumkin

16:15 / 19.01.2025
Urganchdan Qo‘ng‘irotga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

18:46 / 10.01.2025