O‘zbekiston | 13:07 / 19.05.2022
14941
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Namangan 61-marta o‘tkaziladigan Gullar festivaliga tayyorlanmoqda

Namangan shahrida 22 maydan 5 iyungacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan Xalqaro gullar festivaliga hozirlik ko‘rilmoqda.

Foto: KUN.UZ

Festival ilk bor Gul bayrami nomi bilan 1961 yilda o‘tkazilgan bo‘lib, shundan beri Namanganning eng katta bayramlaridan biri bo‘lib kelmoqda.

Tashkilotchilar bergan ma’lumotga ko‘ra, bayram tadbiri bo‘lib o‘tadigan Zahiriddin Muhammad Bobur nomli bog‘ga 10 mln gul ko‘chatlari ekish va o‘ziga xos dizaynli dekoratsiyalar tayyorlash ko‘zda tutilgan.

Har yili bayram tadbirlari bir hafta davom etgan bo‘lsa, bu yil ikki hafta davom etishi belgilangan.

Tohirjon Tursunov,

Kun.uz muxbiri

Mavzuga oid