Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanqiddan so‘ng: Yangiyo‘ldagi ko‘prik ta’mirdan chiqdi
Kun.uz tahririyati “Ochiq budjet” ijrosi Yangiyo‘l va Guliston tumanlarida muammoga uchrayotgani haqida tanqidiy maqola e’lon qilgan edi. Mazkur maqolada keltirilgan Yangiyo‘ldagi ko‘prik ta’mirdan chiqarildi.

Foto: Yangiyo‘l tumani hokimligi
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani, Changtepa mahallasidagi Jo‘n kanalidan 5-umumta’lim maktabiga o‘tuvchi ko‘prikni qayta qurish tashabbusi «Ochiq budjet» portaliga kiritilgan. 2021 yil 13 avgustdan 2 sentabrgacha davom etgan ovoz berish jarayonida mazkur tashabbus tuman miqyosida g‘olib deb topilgan. Biroq ko‘prik qurilishi o‘z vaqtida boshlanmagan edi.
Loyihaga 100 mln so‘m ajratilishi kerak bo‘lgan.
Mahalla ahlining viloyat hokimiga yo‘llagan murojaatiga javoban viloyat moliya boshqarmasining ma’lum qilishicha, ko‘prik qurish uchun so‘ralgan 100 mln mablag‘ ajratilib, maxsus hisob raqamiga o‘tkazilgan. 2021 yil 9 dekabrda Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan ko‘prik qurish uchun tanlov e’lon qilingan. Biroq belgilangan muddat davomida birorta ham taklif kelib tushmagan va qayta tanlov e’lon berilib, murojaat ijrosi ta’minlanishi ta’kidlangan edi.
Mahalla faollarining Kun.uzga ma’lum qilishicha, hozirda ko‘prik to‘liq ta’mirdan chiqarilib, fuqarolar foydalanishi uchun topshirilgan.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

15:28 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi

12:37 / 15.07.2025
Oqqo‘rg‘onda Labo’ga suv to‘ldirib, cho‘milganlar 12 sutkaga qamaldi

11:06 / 15.07.2025
Toshkent viloyatida sifatsiz benzin sotgan zapravkaga nisbatan chora ko‘rildi

16:44 / 09.07.2025