Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekistonlik” filmi qahramoni Toshkentni suv toshqinlaridan qutqarishga yordamlashadi
Texnika fanlari doktori, asli o‘zbek bo‘lgan amerikalik drenaj bo‘yicha taniqli mutaxassis Asqarali Karimov Toshkent shahrini yomg‘irlardan so‘ng yuzaga keladigan suv toshqinlaridan qutqarish rejasini ishlab chiqadi.

Iqlim o‘zgarishi sababli so‘nggi yillarda yog‘ingarchilik hajmi keskin oshib yoki kamayib ketmoqda. Qisqa vaqt ichida yog‘ayotgan me’yoridan bir necha barobar ortiq hajmdagi yog‘ingarchiliklar sababli Toshkent shahri ko‘chalarida toshqinlar kuzatilmoqda.
«Mavjud zovurlar (drenaj) tizimi 1970-yillar boshida loyihalashtirilgan bo‘lib, 1990-yillargacha barpo etilgan. Biroq poytaxtda aholi soni oshishi, shahar sarhadlari kengayishi, yangi turar joylar, sanoat va boshqa obektlar paydo bo‘lishi bilan so‘nggi yillarda mavjud zovurlarni va tozalash inshootlarini modernizatsiya qilish hamda bu sohaga investitsiyalarni jalb qilish masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Ta’kidlash joiz, zovurlarni va tozalash inshootlarini modernizatsiya qilish loyihasini ishlab chiqish va modernizatsiya qilish — yuqori texnologik yechimlar va katta hajmdagi mablag‘larni talab qiluvchi murakkab jarayon. Rivojlangan davlatlarda rekonstruksiya bo‘yicha boy tajriba to‘plangan bo‘lib, yurtdoshlarimiz bunday loyihalarni samarali amalga oshirayotgan xorijiy kompaniyalarda ishlab kelayotgani quvonarli. Ular qatorida AQShda ishlab kelayotgan o‘zbek olimi, texnika fanlari doktori, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari institutining bitiruvchisi, toshqin va yog‘ingarchiliklarni monitoring qilish, ichimlik va oqova suvlarini loyihalashtirish bo‘yicha malakali mutaxassis Asqarali Karimov bor», deyiladi shahar hokimligi matbuot xizmati xabarida.
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan Asqarali Karimov hamda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosarlari A.Xen va Sh.Rahimjonov ishtirokida oqova suvlarni tozalash inshootlarini G‘arb standartlari asosida modernizatsiya qilish masalalariga bag‘ishlangan videokonferensiya tashkil etildi.

Toshkent shahridagi oqova suvlarni tozalash inshootlari sohasidagi muammolar bilan tanishgan A.Karimov AQSh va Yevropa davlatlarida drenaj tizimlari va tozalash inshootlarini rekonstruksiya qilishda qo‘llanayotgan zamonaviy texnologiyalar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, jarayonlarni modellashtirishda qo‘l keladigan loyihalarning kartografik va dasturiy ta’minoti haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
Ushbu ma’lumot Toshkent shahar hokimligi vakillarida qiziqish uyg‘otgan va A.Karimov poytaxt tozalash inshootlarini modernizatsiya qilish loyihasida ishtirok uchun taklif qilingan. U bu taklifni qabul qilgan.
Taraflarning keyingi uchrashuvi bevosita Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Shaharni ko‘zdan kechirish va A.Karimovning takliflari asosida poytaxtning oqova-tozalash inshootlarini modernizatsiya qilish loyihasi ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
- Asqarali Karimov “O‘zbekistonlik” filmida bosh qahramonlardan biri sifatida chiqishidan so‘ng O‘zbekistonda keng tanildi. Filmni birgina tarmoq orqali allaqachon 300 mingdan ortiq tomoshabin tomosha qilishga ulgurdi. Filmda Karimov tomonidan O‘zbekistonda eskirgan drenaj mavzusi ko‘tarilgan. Loyiha jamoasi “O‘zbekistonlik” filmining davomini suratga olish, shuningdek, dunyoning boshqa davlatlarida yangi, katta loyihalarni suratga olish haqida e’lon qilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

23:51 / 19.05.2025
Olimlar jazirama va suv toshqinlarining yashirin xavfini aniqladi

23:24 / 01.04.2025
Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida 100 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi

18:27 / 14.02.2025
Yong‘indan jabr ko‘rgan Los-Anjyelesni suv bosdi

20:10 / 02.02.2025