Kadastr agentligi 2 200 gektardan ortiq yer o‘zboshimchalik bilan egallab olinganini aniqladi
Kadastr agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan yer va kadastr nazorati tadbirlari haqida ma’lumot berildi.

Foto: Shutterstock
Kadastr agentligi tomonidan joriy yilning 1 mayiga qadar, 4 oy davomida yer nazoratini amalga oshirish bo‘yicha olib borilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari natijasida jami 6 215 ta holatda 2 245,6 gektar yer o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi.
Qayd etilishicha:
- qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda 2 543 ta holatda 2 043,4 gektar;
- aholi punktlari yerlarida 2 910 ta holatda 139,8 gektar;
- sanoat, transport, aloqa mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlarda 121 ta holatda 2 gektar;
- tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarda 4 ta holatda 0,1 gektar;
- o‘rmon fondi yerlarida 23 ta holatda 5,4 gektar;
- suv fondi yerlarida 69 ta holatda 2,1 gektar;
- zaxira yerlarda 545 ta holatda 52,8 gektar yer egallab olingan.
Kadastr idoralari tomonidan berilgan 6 126 ta yozma ko‘rsatmalar asosida 2 697 ta holatda 1 400,4 gektar yoki 44 foiz yer qonunbuzilish holatlari ixtiyoriy ravishda bartaraf etilgan.
Ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmagan o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalarini qaytarish va ularda qurilgan imoratlarni buzdirish bo‘yicha sudlarga 1 984 ta holatda 254,2 gektar da’vo arizalar kiritilgan. Shundan, 167 ta da’vo arizalar sudlar tomonidan qanoatlantirilib, majburiy ijroga qaratilgan.
Huquqbuzarlik holatida jinoyat alomatlari mavjud bo‘lgan 410 ta materiallar o‘rnatilgan tartibga muvofiq prokuratura organlariga kiritilgan.
Olib borilgan nazorat tadbirlari davomida respublika bo‘yicha fuqarolar jami 406 ta holatda 7 824,3 gektar yer maydonlaridan maqsadsiz foydalanilgani aniqlangan. 28 ta holatda 196,8 gektar yer maydonlari tuman hokimliklari zaxirasiga qaytarilishi ta’minlangan.
Mavzuga oid

14:44 / 21.05.2025
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi nima bilan shug‘ullanadi?

10:37 / 17.05.2025
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi direktori tayinlandi

13:48 / 18.04.2025
Hududlarda yer sotish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

16:17 / 11.04.2025