Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vuchich: Putinning Kosovo haqidagi bayonoti Serbiyaning pozitsiyasini murakkablashtiradi
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Kosovo va Donbassdagi o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan respublikalar mustaqilligini tan olish bilan bog‘liq vaziyatni solishtirgan Rossiya prezidentining bayonoti Belgradning pozitsiyasini murakkablashtirishini aytdi.

Foto: RIA Novosti © Sergey Mamontov
«Prezident Putinning bayonoti vaziyatni yanada murakkablashtiradi. Qo‘rqamanki, iqtisodiy jabhada hammasi yanada qiyinlashadi», degan Vuchich Berlinda Germaniya kansleri Olaf Shols va GFR TIV rahbari Annalena Berbok bilan uchrashuvidan keyin.
Avvalroq Handelsblatt nashriga bergan intervyusida Vuchich Putin Kosovodagi vaziyatdan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanayotgani to‘g‘risidagi fikrlarni bildirgandi.
26 aprel kuni Putin BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuvda Rossiya o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan DXR va LXRni tan olishini aytib, bunda Kosovo respublikasi bilan bog‘liq pretsedentga asoslanishini aytgandi - 2008 yilda Serbiyadan ajralib chiqqan kosovoliklar mustaqilligi BMT Xalqaro sudi tomonidan tan olingan.
«Men Xalqaro sud qarorini yaxshi eslayman, unda o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini amalga oshirishda biror bir davlatning muayyan hududi o‘z suverenitetini e’lon qilish uchun ruxsat so‘rab mamlakatning markaziy hokimiyatiga murojaat etishga majbur emasligi yozib qo‘yilgan», degandi o‘shanda Putin.
Guterrish bunga javoban BMT Kosovo mustaqilligini tan olmaganini eslatgan.
Serbiya xuddi Rossiya kabi Kosovo mustaqilligini tan olmaydi. Serblar konstitutsiyasida Kosovo Serbiya Respublikasining bir qismi ekani ko‘rsatilgan.
Rossiya Ukrainaga bostirib kirgach, Serbiya BMTning Moskvaning harakatlari qoralangan rezolyutsiyasini yoqladi, ammo xalqaro sanksiyalarga qo‘shilmadi.
Vuchich Serbiya Ukrainadagi mojaro xarakterini baholashda yevropaliklar bilan hamfikr ekani, ammo sanksiyalar siyosatiga ishonmasligini bildirgan.
«Biz o‘nlab yillar oldin sanksiyalar qurboni bo‘lganmiz va biz sanksiyalar siyosatiga ishonmaymiz. YeI davlatlari orasida hamon muhokamalar ketmoqda, masalan, neft yoki gaz embargosi xususida. Bizning o‘z manfaatlarimiz bor. Qolaversa biz hali YeI tarkibida emasmiz. Afsuski», degan Serbiya prezidenti Handelsblatt uchun intervyuda.
Yaqinda prezidentlikka qayta saylangan Vuchich juma kuni millatga murojaat qilishi kutilmoqda, unda Rossiyaga qarshi sanksiyalar masalasi ham tilga olinishi kutilmoqda.
Payshanba kuni vitse-premer, Serbiya tog‘ ishlari va energetika vaziri Zorana Mixaylovich mamlakatning yagona yetkazib beruvchisi - Rossiyaga qaramligini kamaytirish mamlakat energetik xavfsizligi uchun zarur ekanini aytdi.
«Biz imkon qadar ko‘proq yetkazib beruvchilarga ega bo‘lishimiz uchun barcha ishni qilishimiz kerak bo‘lgan palla keldi, bu orqali xavfsizlikda bo‘lamiz. Yevropa mamlakatlarida energiya xavfsizligini oshirish va diversifikatsiya birgina yetkazib beruvchiga qaramlik oqibatlari qanchalik yomon ekanini tushunib yetishimizdan avvalroq sodir bo‘lishi kerak edi», degan Mixaylovich (iqtibos RIA Novostiniki).
Bunday bayonotni u Bolgariya, Ruminiya, Shimoliy Makedoniya, Gretsiya, Turkiya, Ozarboyjon va Ukraina vazirlari, shuningdek Yevrokomissiya vakillari ishtirokida kechgan gaz yetkazib berishni diversifikatsiya qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishdan keyin ma’lum qildi
Yil oxirigacha Rossiyadan importni uchdan ikki qismiga qisqartirish rejalashtirilgan bo‘lsa-da, YeI hozircha gaz embargosini muhokama qilmayapti. Shu kunlarda Yevrokomissiya ittifoqning 27 mamlakatiga Ukrainadagi urush uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qat’iylashtirish va bosqichma-bosqich tarzda neft embargosi joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilishni taklif qildi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda Kichik halqa avtoyo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi
Jamiyat | 23:57 / 17.07.2025
-
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi
Jahon | 23:47 / 17.07.2025
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53 / 17.07.2025
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51 / 17.07.2025
Mavzuga oid

23:47 / 17.07.2025
Zelenskiy Tramp bilan «mega kelishuv»ni muhokama qilayotganini aytdi

19:39 / 17.07.2025
Ukrainada yangi hukumat tarkibi tasdiqlandi

13:40 / 17.07.2025
Germaniya Mudofaa vazirligi Ukrainaga Patriot yuborilganini tasdiqlay olmadi

12:02 / 17.07.2025