Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Ukrainadagilar RF bosh shtabi rahbari maxfiy ravishda frontga kelgani haqida aytishmoqda
Valeriy Gerasimov borgan qo‘mondonlik punkti bombardimon qilingan, ammo uning o‘ziga shikast yetmagan.

Foto: Alexander Zemlianichenko / The Associated Press
Qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig‘i — Rossiya mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari general Valeriy Gerasimov rossiyalik harbiylar yurish qilayotgan Ukraina sharqiga tashrif buyurgan. Bu haqda The New York Times (NYT) Ukrainadagi manbasi, shuningdek shaxsi sir tutilishini so‘ragan ikki nafar amerikalik mulozimga asoslangan holda xabar tarqatgan.
AQShdagi manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Gerasimov Ukraina sharqida bir necha kun o‘tkazgan. «Bizning ishchi gipotezamizga ko‘ra, u shu yerda bo‘lgan, chunki [Rossiya armiyasi qo‘mondonligi] hamon o‘z muammolarini hal qila olmagan, degan tushuncha bor», — degan amerikalik rasmiylardan biri.
Ukraina hukumati vakili NYT nashriga Kiyev Gerasimovning tashrifi haqida xabardor bo‘lganini aytgan. Ukrainadagi Defense Express nashri 27 aprel kuniyoq o‘z manbasiga asoslangan holda Gerasimov Izyum yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlariga shaxsan rahbarlik qilishi va RF qurolli kuchlarining Xarkov oblastidagi Izyum shahri hududida joylashgan qo‘mondonlik punktiga tashrif buyurgani taxmin qilinayotgani haqida yozgandi.
Ukraina hukumati vakilining so‘zlariga ko‘ra, Gerasimov 30 aprel kuni kunduzi Izyumdagi 12-sonli maktabga kelgan, bu yerda Rossiyaning 2-umumqo‘shin armiyasi va Rossiya havo-desant qo‘shinlarining qo‘mondonlik punkti joylashgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, shu kuni kechqurun ukrainlar armiyasi maktabga zarba bergan — ammo Gerasimov bu vaqtda obektni tark etgan va Rossiyaga qaytib ketgandi.
NYT nashrining Ukrainadagi manbasi xabar qilishicha, zarba oqibatida 200 nafar atrofidagi rossiyalik harbiy xizmatchilar halok bo‘lgan, dastlabki xabarlarga ko‘ra, ular qatorida general-mayor Andrey Simonov ham bor. «Obektni yo‘q qilish qarori Gerasimov tufayli emas, bu muhim operatsion baza bo‘lgani tufayli qabul qilingan», — degan u.
NYT’ning AQShdagi manbalari rossiyaliklar bazasiga berilgan zarba haqida ma’lumotga ega emas.
Ukrainada avvaliga Gerasimov halok bo‘lgani, keyin esa yaralangani haqida xabarlar tarqaldi. Ammo, katta ehtimol bilan bu to‘g‘ri emas
Ukrainada bu zarba haqida ikki kun avval yoza boshlashgan edi. 30 aprel kuni «Insayder Ukraina» telegram-kanali «razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, 100 ga yaqin «200-yuk» [zarba oqibatida halok bo‘lganlar] borligi, dastlabki ma’lumotlarda qurbonlar qatorida shtab boshlig‘i ham borligi keltirilayotgani» aytildi. 1 may kuni ushbu telegram-kanal «Gerasimov omon qolgani, ammo yaralangani» haqida xabar tarqatdi.
Ukrainalik jurnalist Oleksandr Shulman ham feysbukdagi sahifasida Gerasimov yaralanganini yozib qoldirdi, Ukraina IIVning sobiq rahbari Arsen Avakov manbani keltirmagan holda gap «o‘ng tizzada snaryad parchasidan yetkazilgan jarohat» haqida ketayotgani yozilgan iqtibosni keltirdi. Bundan tashqari Gerasimovning shaxsiy tansoqchisi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
«Gerasimov yengil yaralangan, bir qo‘riqchi halok bo‘lgan, general Simonov — 200, 20 nafar katta ofitserlar — 200; umuman olganda 200 lar ko‘p, ammo xarobalarni tozalash davom etmoqda», — degan ukrainlarning «Faktlar» nashri manbasi.
Ammo ko‘p o‘tmay Gerasimovning yaralangani haqidagi xabarlar inkor etildi. Conflict Intelligence Team tadqiqot guruhi asoschisi Ruslan Leviyev o‘z manbasiga asoslanib, 1 may kuni Rossiya bosh shtabi boshlig‘i Belgorodga uchib kelgani, bu yerdan Moskvaga yo‘l olgani haqida xabar qildi. «Bortga u o‘zi chiqqan, tirik va sog‘», — deya o‘z manbasi so‘zlarini keltiradi Leviyev.
«Ukrainskaya pravda» nashri manbalariga tayangan holda «ukrain kuchlari Izyum yaqinida Gerasimovga „to‘p yog‘dirib yakson etish“ga ulgurishmagani» haqida yozgan. Ukraina ichki ishlar vaziri maslahatchisi Viktor Andrusov ham Rossiya bosh shtabi rahbari yaralangani haqida tasdiqlangan ma’lumot yo‘qligini aytgan.

National Guard Of Ukraine / Reuters / Scanpix / LETA
Gerasimov bosqin boshlash bo‘yicha qaror qabul qilishda ishtirok etgan odamlardan biri ekani aytiladi. Uning frontga safari — RF armiyasidagi muammolardan darak
Bloomberg ikki manbasiga asoslangan holda, Valeriy Gerasimov bosqin bo‘yicha qaror qabul qilgan tor doira vakillaridan biri ekani haqida xabar bergan. Nashr talqiniga ko‘ra, bu tor doirada Rossiya prezidenti Vladimir Putin, mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev ham bor.
NYT G‘arbdagi harbiy tahlilchilarga asoslanib qayd etishicha, bunday yuqori martabali amaldor front chizig‘iga kelishi juda noodatiy hol hisoblanadi va bu holat rossiyalik harbiylarning Ukrainada davom etayotgan muammolari fonida (xususan, front chizig‘idagi harbiy qismlar ta’minoti va muvofiqlashtirish bilan bog‘liq muammolar) ro‘y berdi.
Nashrning Ukrainadagi manbasi Gerasimovning frontga maxfiy ravishda tashrif buyurishidan maqsad Rossiyaning Donbassdagi yurishi «yo‘nalishini o‘zgartirish» bo‘lganini ta’kidlagan. AQShdagilar bu tashrif Rossiya qo‘shinlaridagi qiyinchiliklarning yana bir tasdig‘i ekanini aytishgan.
«Katta ehtimol bilan, bu rossiyaliklar armiyasida ishlar yaxshi emasligini anglatadi. Ular jang maydonida minglab qurbonlar berishdi, qo‘shinlarning jangovar ruhi juda past va eng muhimi, ularning yurishlari to‘xtab qolganga o‘xshaydi», — degan amerikalik kongressmen, Vakillar palatasining qurolli kuchlar ishlari bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi Jyeyson Krou NYT muxbiri bilan suhbatda. O‘zi ham sobiq harbiy bo‘lgan Krou 30 aprel kuni AQSh Kongressi delegatsiyasi bilan Kiyevga tashrif buyurgandi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Daniyalik milliarderlar Putinga xizmat qilishda ayblandi
Jahon | 19:47
-
Turkiyaning Shonliurfa shahrida harorat rekord darajaga yetdi
Jahon | 19:23
-
Ispaniya plyajlari Osiyo suvo‘tlari bilan qoplandi
Jahon | 19:06
-
Putin flot kunida Peterburgga bordi. Bu vaqtda Leningrad oblastiga dronlar hujum qildi
Jahon | 18:58
Mavzuga oid

22:04 / 22.05.2025
Putin Donbassga bormoqchi. Urush muzokaralari fonida

18:17 / 27.04.2025
Rossiya dengiz piyodalari va Z-blogerlar Kursk oblastida hamon ukrain harbiylari borligini xabar qildi

10:16 / 27.04.2025
Rossiya Bosh shtabi Kursk oblasti to‘la ozod etilgani haqida hisobot berdi

13:44 / 09.03.2025