1 oktyabrga qadar mahalliy aviaqatnovlarga mo‘ljallangan yangi Silk Avia aviakompaniyasi tashkil etiladi
O‘zbekistonda 1 oktyabrga qadar mahalliy aviaqatnovlarga mo‘ljallangan yangi Silk Avia aviakompaniyasi tashkil etiladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Foto: Getty Images
Qayd etilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda xorijiy va ichki sayyohlarning aviaqatnovlarga bo‘lgan talabini qondirish bo‘yicha qator vazifalar belgilab berildi.
Jumladan:
- 1 iyuldan “Ziyorat turizmi” dasturi doirasida xorijiy aviakompaniyalarga ko‘rsatiladigan xizmatlarga 50 foizgacha chegirmalar joriy qilinadi;
- yil yakunigacha mahalliy aviaqatnovlar soni haftasiga 48 tadan 60 taga, tutashuvchi qatnovlar soni 4 tadan 6 taga yetkaziladi;
- 1 oktyabrga qadar mahalliy aviaqatnovlarga mo‘ljallangan yangi Silk Avia aviakompaniyasi tashkil etiladi;
- aviatashish xarajatlarini kamaytirish maqsadida 9 ta samolyot to‘liq ekonom-klassga o‘tkaziladi (bunda tariflar 20 foizga arzonlashadi).
Turizm va Transport vazirliklariga bir oy muddatda turizm sohasida transport infratuzilmasini yaxshilash konsepsiyasini taqdimot qilish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Mavzuga oid

09:23 / 23.06.2025
Toshkent va Pusan yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

16:05 / 14.06.2025
O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida aviaqatnovlar to‘xtatildi

15:00 / 14.06.2025
Maskat va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yiladi

00:25 / 14.06.2025