Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda bog‘chada 4 yoshli tarbiyalanuvchi vafot etdi
Oltinko‘l tumanidagi 31-maktabgacha ta’lim tashkilotining 4 yoshli tarbiyalanuvchisi uyqu vaqtida olamdan o‘tdi.
Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanidagi bog‘chalarning birida 4 yoshli bola kun tartibidagi uyqu vaqtida uxlayotganda vafot etdi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 21 aprel kuni soat 14:00 dan 15:00 ga qadar bo‘lgan oraliqdagi vaqtda tumandagi 31-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan 4 yoshli X.L. maktabgacha ta’lim tashkilotining kun tartibidagi uyqu vaqtida uxlayotganda vafot etdi.
Tashkilot hamshirasining ma’lum qilishicha, ertalabki qabul jarayonida tarbiyalanuvchi X.L.da hech qanday kasallik alomatlari kuzatilmagan.
Kun tartibidagi uyqu vaqtida har doimgidek bolalar uyquga yotqizilgan va tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchilarni uyqudan uyg‘otishganda, bola o‘rnidan turmagan va darhol tez yordamga murojaat qilingan. Tibbiyot xodimlari tomonidan tarbiyalanuvchi tibbiy nazoratdan o‘tkazilgan. Natijada bola uyqu vaqtida olamdan o‘tgani ma’lum bo‘lgan.
Hozirgi kunda huquq-tartibot organlari tomonidan surishtiruv, ekspertiza ishlari olib borilmoqda.
«Ekspertiza xulosalari aniqlangach, batafsil ma’lumot berilishini hamda holat Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan nazoratga olinganligini ma’lum qilamiz», deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron rasmiysi: Zangezur yo‘lagi «Tramp yollanma askarlari qabristoni»ga aylanadi
Jahon | 07:41
-
Hafta boshida harorat 40 darajagacha ko‘tariladi
O‘zbekiston | 07:32
-
O‘zbekistonda birinchi marta tungi yorug‘lik asosida iqtisodiy faollik baholandi
Iqtisodiyot | 07:17
-
Uch qahramon bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi (video)
Jamiyat | 05:42
Mavzuga oid

08:00 / 06.08.2025
Bolalar bog‘chasi uchun kimlarga subsidiya to‘lanadi?

14:47 / 02.08.2025
Xivada xususiy bog‘cha rahbari bolaga jarohat yetkazdi

12:20 / 16.07.2025
Qoraqalpog‘istondagi tumanda issiq tufayli bog‘chalar yopildi

10:11 / 05.07.2025