Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda animatsion filmlar forumi o‘tkaziladi

Foto: Kinematografiya agentligi matbuot xizmati
18-22 aprel kunlari Toshkentda Tashkent International Animation Forum (TIAF) bo‘lib o‘tadi. Animatsion forum O‘zbekiston Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan Shveytsariya va Isroilning O‘zbekistondagi elchixonalari, Toshkentdagi Gyote instituti, Bazelevs kinokompaniyasi, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi, O‘zbekiston Milliy kinofondi hamda "DRF" community independent filmmakers of Uzbekistan” kinostudiyasi hamkorligida tashkil etildi.
Birinchi kuni soat 10:00da Kinochilar uyida Tashkent International Animation Forum (TIAF) boshlanishi oldidan OAV vakillari, mutaxassislar, ijodkorlar va yoshlar uchun matbuot anjumani o‘tkaziladi. Mazkur anjumanda ishtirokchilar uchun forum dasturi taqdim etiladi.
Soat 11:00da forumning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda barcha mehmonlar kutib olinib, bolajonlar uchun bayramona konsert dasturi taqdim etiladi. Shuningdek, konsertdan dunyoga mashhur multik qahramonlar ishtirokida raqslar va musiqali namoyishlar o‘rin olgan.
Soat 15:00da Animatsiya san’ati bo‘yicha vorkshop bo‘lib o‘tadi. Maxsus vorkshopda tajribali mutaxassislar tomonidan mahorat darslari, animatsion dasturlar haqida ma’lumotlar va boshqa qiziqarli davra suhbatlari o‘tkaziladi.
Forumda Germaniya, Gruziya, Isroil, Ozarboyjon, Tojikiston, Rossiya, Ukraina, Chexiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlaridan animatsiya mutaxassislari, shu bilan bir qatorda o‘zbek animatorlari va “Aqlvoy”, “Bolajon” telekanallaridan vakillar ishtirok etadi.
Forum doirasida mohir animatorlar tomonidan taqdimotlar, mahorat darslari, master-klasslar, ijodiy uchrashuvlar va shu kabi qator tadbirlar o‘tkaziladi. Jumladan, 10ga yaqin davlatdan tashrif buyurgan animatsiya sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar tomonidan seminar-treninglar bo‘lib o‘tadi.
Forumning e’tiborli jihati, unda chet eldan etalon negativlari qaytarilgan o‘zbek multfilmlari ilk bor keng jamoatchilikka namoyish etiladi. Shuningdek, "Yoshlik" studiyasining "Zumrasha" hajviy jurnalining yangi soni taqdimoti hamda xorij animatorlari tomonidan yaratilgan eng yaxshi multfilmlar kichik tomoshabinlar e’tiboriga taqdim qilinadi. Ushbu forum doirasida viloyatlar bo‘ylab ham tadbirlar tashkil etiladi. Bolajonlar uchun turli xil mavzularda multfilmlar namoyish etilishi bilan birga, master-klasslar o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, bolalarga pedagoglar va professional animatorlar bilan muloqot qilish va tajriba almashish imkoniyati taqdim qilinadi. Ular uchun O‘zbekiston animatsiya studiyalari assotsiatsiyasi, “White Line”, “Astir animation studio”, “Futurist studio”, “Dip animation studio” hamda xorij animatsiya studiyalarining ishlari namoyish etiladi. Yana shuningdek, forum doirasida o‘smirlar uchun yosh ijodkorlar tomonidan yaratilgan filmlar taqdimoti o‘tkaziladi.
Kinematografiya agentligi matbuot xizmati Ⓣ
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
TSAHAL ilk bor Eron hujumi oqibatida harbiy obektlarga shikast yetganini tan oldi - Reuters
Jahon | 05:05
-
Interpol firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini Litvada qo‘lga oldi
Jamiyat | 23:47 / 08.07.2025
-
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish tartibi bekor qilinadi, xorijdan qaytgan fuqarolar majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:35 / 08.07.2025
-
AQSh import bojlaridan keladigan daromad 300 mlrd dollardan oshishini kutmoqda
Jahon | 23:23 / 08.07.2025
Mavzuga oid

20:48 / 25.06.2025
“Xususiy kinostudiyalar tomonidan tayyorlanayotgan filmlarni biz nazorat qilmaymiz” – Kinematografiya agentligi

22:41 / 22.01.2025
Matyoqub Matchonov tanishini haqorat qilgani uchun javobgarlikka tortildi

18:06 / 05.06.2024
Firdavs Abduxoliqov Kinematografiya agentligi rahbarligidan ketdi

22:50 / 28.03.2024