Hindistonda yashin urishi va kuchli yog‘ingarchilik oqibatida o‘ndan ortiq inson halok bo‘ldi
Tabiiy ofat Assam shtatidagi 7,3 mingdan ortiq uyga zarar yetkazgan.

Foto: Getty Images
Hindistonda oxirgi ikki kun ichida yashin urishi va kuchli yomg‘irlar oqibatida o‘ndan ortiq inson halok bo‘ldi. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Assam shtatida 14 aprel kuni chaqmoq va shamol bilan kuchli yomg‘irlar boshlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Dibrugarx okrugida to‘rt kishi, Barpeta va Tinsukiya okruglarida uch nafardan inson halok bo‘lgan. Bundan tashqari, Goalpara okrugida 15 yoshli o‘smir yashin urishi oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.
Tabiiy ofat Assam shtatidagi 7,3 mingdan ortiq uyga zarar yetkazgan. Daraxtlar va elektr uzatish tayanchlari qulab tushgan.
Hozirda aksariyat aholi mahalliy maktablar binolarida jon saqlayotgani aytilmoqda.
Mavzuga oid

17:28 / 04.03.2025
Hindiston-O‘zbekiston transport yo‘lagi Qozog‘istongacha uzaytirildi

20:26 / 03.03.2025
Kambag‘allikni qisqartirishda Hindiston tajribasi: muqobil yo‘l topildi

12:40 / 03.03.2025
Hindiston Toshkentda sun’iy intellekt bo‘yicha birinchi ma’lumot markazini quradi

11:44 / 01.03.2025