Xorazm viloyatini rivojlantirishga doir chora-tadbirlar belgilandi

Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining “2022-2026 yillarda Xorazm viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- aholini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan mavjud muammolarni tezkor bartaraf etishga qaratilgan “yo‘l xaritasi”;
- Xorazm viloyati shahar va tumanlarining ixtisoslashuvi, “o‘sish nuqtalari” va “drayver sohalari”;
- sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalarining yig‘ma parametrlari;
- 2022 yilda Xorazm viloyatida muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini rivojlantirish hamda ijtimoiy soha obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha kompleks tadbirlar;
- Xorazm viloyatining shahar va tumanlarida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha shakllantirilgan istiqbolli loyihalarning manzilli ro‘yxati.
Xorazm viloyatida 2022-2026 yillarda yalpi hududiy mahsulot hajmini 1,4 baravarga, sanoat mahsulotlari hajmini 1,4 baravarga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni 1,1 baravarga, xizmatlar hajmini 3,1 baravarga hamda qurilish ishlari hajmini 1,2 baravarga oshirish nazarda tutilmoqda.
Mavzuga oid

10:52 / 15.03.2025
Xorazm viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi

13:51 / 28.02.2025
2025 yilda xizmatlar sohasini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari belgilandi

22:08 / 24.02.2025
Xorazmda ota o‘z o‘g‘li, kelini va nabirasiga ov miltig‘idan o‘q uzdi

14:21 / 20.02.2025