Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Antimonopoliya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari ham ishdan ketdi
U qo‘mitaning avvalgi raisi kabi bir necha bor UzAuto Motors monopoliyasiga qarshi chiqishlar qilgandi.

Foto: Kun.uz
Bobur Karimov Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
«Nigoh» Telegram-kanali manbasiga ko‘ra, uning o‘rniga shu kungacha prezident administratsiyasi mas’ul xodimi sifatida faoliyat yuritgan Asadulla Qayumov tayinlandi.
Bobur Karimov 2019 yil fevralida O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.
U «Umid» fondi stipendiati, 2001 yilda Buyuk Britaniyaning Uorik Universitetida bakalavr darajasini olgan, 2004 yilda esa O‘zbekiston Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining «Xalqaro huquq» mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan.
2002–2005 yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasida bosh yurist maslahatchisi, yuridik xizmati rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2005 yildan 2019 yilga qadar O‘zbekiston, Qozog‘iston va BAAdagi turli xalqaro konsalting firmalarida ishlagan.
Uning keyingi ish faoliyati haqida ma’lumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasining avvalgi raisi Najmiddinxo‘ja Sharipov «UzAuto Motors» AJ bilan munozaralar ortidan 2021 yilning martida lavozimidan ozod etilgan, uning o‘rniga Shohrux Shorahmedov tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston davlat neftni qayta ishlash zavodlari Rossiyadan neft sotib olishni to‘xtatdi
Jahon | 10:57
-
Lazer epilyatsiyasi teri saratonga sabab bo‘ladimi? Mutaxassislar javob berdi
Ayollar dunyosi | 10:51
-
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44
-
Davlat xaridlari tizimi operatori faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 10:34
Mavzuga oid

11:40 / 09.06.2025
Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

14:00 / 27.01.2022
Navoiydagi issiqxonachilar muammosini Antimonopoliya qo‘mitasi o‘rganmoqda

11:30 / 02.12.2021
Antimonopoliya qo‘mitasi avvalgidek emas. Bunga rahbar almashgani sababmi?

15:42 / 02.11.2021