Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Jirinovskiy vafot etdi
Jirinovskiy 30 yildan ortiq vaqt davomida katta siyosatda edi. U fevral oyi boshida koronavirus tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgandi.

Valeriy Sharifulin / TASS
Rossiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy 75 yoshida vafot etdi. Bu haqda Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin ma’lum qildi.
«Og‘ir va davomli kasallikdan keyin Vladimir Volfovich Jirinovskiy bu olamni tark etdi… Barchamiz uchun — bu o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan yo‘qotish. Uning xotirasi doim qalblarimizda», — deyiladi Volodinning Telegram-kanalidagi xabarda.
Spiker Davlat dumasi yig‘ilishida ham Liberal-demokratik partiya yetakchisi vafot etganini ma’lum qilib, bir daqiqalik sukut e’lon qildi.
Partiya matbuot xizmati ham Jirinovskiyning o‘limi yuzasidan nekrolog e’lon qilgan. Unda bu o‘lim butun Rossiya va uning tarafdorlari armiyasi uchun katta zarba bo‘lgani ta’kidlanadi.
Rossiyalik taniqli siyosatchi 1946 yilda Olmaota shahrida tug‘ilgandi. 1970 yilda Moskva davlat universiteti qoshidagi Sharq tillari instituti (hozirgi Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti) «Turkiya va turk tili» fakultetini tamomlagan, 1977 yilda esa MGUning yuridik fakultetida «yurist» mutaxassisligi bo‘yicha diplom olgan.
Vladimir Jirinovskiy 1989 yilda RLDP a’zosi bo‘lgan, 1990-yillarda partiya rahbarligiga kelgan.
U 1991 yilda ushbu partiyadan RSFSR prezidentligi uchun, 1996, 2000, 2008, 2012, 2018 yillarda Rossiya prezidentligi uchun saylovlarda nomzod bo‘lgan.
1993 yilda Rossiya Konstitutsiyasi loyihasini tayyorlashda ishtirok etgan.
- 2 fevral kuni Vladimir Jirinovskiy koronavirusga chalinib Moskvadagi Prezident ishlari boshqarmasining Markaziy klinik shifoxonasiga joylashtirilgandi.
- Mart oyi boshida TASS agentligi siyosatchi sun’iy uyqu holatidan chiqarilgani haqida xabar bergan, Volodin esa Jirinovskiy Davlat dumasining keyingi majlislarida ishtirok etishni rejalashtirayotganini aytgandi. Bir necha kun o‘tib OAVda RLDP yetakchisining holati yomonlashgani xabar qilingan, partiya esa bu ma’lumotni rad etgandi.
- 25 mart kuni Mash Telegram-kanali, shuningdek senator Aleksandr Pronyushkin uning o‘limi haqida xabar tarqatdi. Ko‘p o‘tmay Volodin va RLDP bu ma’lumotni rad etdi, Pronyushkin postini o‘chirdi va uzr so‘radi. Volodin unga vakolatini topshirishni tavsiya qildi. Kreml Jirinovskiyning o‘limi haqidagi xabarni «hazil» deb atab, siyosatchi shifokorlar nazoratida ekanini ma’lum qildi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Kechki va masofaviy ta’lim shakliga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan idoralar tasdiqlandi
Ta’lim | 21:40
-
Rossiyaning yagona aviatashuvchisi «Admiral Kuznetsov» konservatsiya qilinadi
Jahon | 21:19
-
Ozarboyjon Rossiyadan AZAL samolyoti halokati uchun javobgarlikni tan olishni talab qildi
Jahon | 21:14
Mavzuga oid

22:00 / 10.04.2022
Jirinovskiyning hayoti. Undagi asosiy nuqtalar va shov-shuvli iqtiboslar

14:23 / 10.02.2022
«Kommersant’»: Jirinovskiy kovidga chalinganini ikki hafta yashirgan

18:15 / 09.02.2022
Jirinovskiy kovidga chalinib shifoxonaga yotgan. Uning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda

15:59 / 27.01.2022