Xorazmlik sudlangan deputatning faoliyati to‘xtatildi

Foto: KUN.UZ
Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Sanjar Qadamboyevich Ro‘zmetovga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgani sababli deputatlik faoliyati muddatidan oldin to‘xtatildi.
Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi qaroriga ko‘ra, 8-Feruz saylov okrugidan saylangan deputat Sanjar Qadamboyevich Ro‘zmetovning deputatlik faoliyati muddatidan oldin to‘xtatildi.
Bunga Xorazm viloyati sudining 2022 yil 4 martdagi hukmiga ko‘ra, unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi «a» bandi va 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 1-qismiga asosan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgani sabab bo‘lgan.
Endi bo‘shab qolgan 8-Feruz saylov okrugida yangi deputat saylovi o‘tkaziladi.
Avvalroq, Hazorasp tumanidagi 21-sonli umumta’lim o‘rta maktabi sobiq direktori, Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining deputati pora olganlikda sud tomonidan aybdor deb topilib, deputatlik faoliyati muddatidan oldin tugatilgan edi.
Mavzuga oid

10:52 / 15.03.2025
Xorazm viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi

22:08 / 24.02.2025
Xorazmda ota o‘z o‘g‘li, kelini va nabirasiga ov miltig‘idan o‘q uzdi

14:21 / 20.02.2025
Xorazm viloyati sholi yetishtiruvchilari qo‘shimcha subsidiyalar oladi

11:20 / 16.02.2025