Toshkent aeroportida 27 ming dollar va 1,8 mln rublni yashirincha olib chiqishga uringan shaxs ushlandi
Toshkent xalqaro aeroportida 27 ming 300 AQSh dollari hamda 1,8 mln Rossiya rublini yashirincha olib chiqishga uringan shaxs ushlandi. Bu safar xorijiy valuta tamaki qutilari ichiga yashirilgani aniqlandi.
Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Toshkent xalqaro aeroportida xorijiy valutani yashirincha olib chiqishga qaratilgan navbatdagi urinish aniqlandi.
Bu safar 27 ming 300 AQSh dollari hamda 1,8 mln Rossiya rubli tamaki qutilari ichiga yashirilgan bo‘lib chiqdi.
Avvalroq, Toshkent xalqaro aeroportida bojxonachilar tomonidan 300 ming dollardan ziyod naqd xorijiy valutani daftar varaqlari orasiga va kiyimlariga yashirib, olib chiqishga uringan 2 nafar shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berildi.
Shuningdek, 286 ming dollardan ortiq pulni yeguliklar orasiga yashirib, bojxonadan olib o‘tishga uringan shaxslar ham to‘xtatib qolingandi.
Mavzuga oid

08:46 / 27.02.2025
Ikki hududda valuta savdosi bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi

15:03 / 19.02.2025
Olti hududda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi

15:00 / 15.02.2025
Valutaga sotib olinadigan aktivlarni baholash tartibiga o‘zgartirish kiritildi

11:01 / 08.01.2025