Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda 2022 yil ijtimoiy obektlar qurish va ta’mirlashga 1,2 trln so‘m ajratiladi
Samarqand viloyati moliya boshqarmasi mas’ul rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun joriy yilda qancha mablag‘ ajratilayotgani haqida ma’lumot berildi.

Foto: KUN.UZ
Unda aytilishicha, 2022 yil viloyat bo‘yicha 143 ta obektda qurilish-ta’mirlash va jihozlash ishlari amalga oshirilib, buning uchun 1,2 trln so‘m mablag‘ ajratiladi. Xususan, 20,5 km ichimlik suvi va 1,3 km oqova suv tarmoqlari, 4 ta suv inshooti quriladi.
Shuningdek, mahalla, qishloqlarda 95,7 mlrd so‘m hisobiga 382,6 km ichimlik suv va suv oqova tarmog‘i, 45 ta yangi inshootlar qurilib, rekonstruksiya qilinadi. Natijada 135,1 ming aholi ilk bor toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. 57,9 ming aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi. Viloyatning markazlashgan ichimlik suvi bilan qamrov darajasi 64 foizdan 66 foizga yetadi.
Shuningdek, 26 km umumiy foydalanishdagi yo‘llar va Samarqand tumanidan o‘tgan M39 Olma ota-Bishkek-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining 1083 km.dagi yangi yo‘l o‘tkazgichni qurish hamda Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 4R243 Payshanba q.-Kattaqo‘rg‘on sh. avtomobil yo‘lining Qoradaryo ustidan o‘tgan ko‘prikni rekonstruksiya qilish ishlari davom ettirish uchun 146,9 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi. Mahalla va qishloqlarda 186,9 mlrd so‘m hisobidan 322,7 km ichki yo‘llar ta’mirlanadi. Natijada, ichki yo‘llarning ta’mirlanganlik darajasi 68,8 foizdan 76,2 foizga yetadi.
Bundan tashqari, ijtimoiy-madaniy obektlarni ta’mirlash, rekonstruksiya qilish uchun ham qariyb 500 mlrd so‘m ajratilmoqda.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

15:48 / 14.07.2025
The Samarkand express poyezdi loyihasi uchun 25 mln dollar investitsiya kiritilyapti

20:48 / 12.07.2025
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi

22:00 / 05.07.2025
«Samarqand qog‘ozi» geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

08:25 / 05.07.2025