Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev bir guruh ayol-qizlarni «Zulfiya» mukofoti bilan taqdirladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
«Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli qizlarini a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, san’at, madaniyat, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflari ilovadagi ro‘yxatga muvofiq ma’qullansin», deyiladi prezident qarorida.
Davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar ro‘yxati:
- Maqsadova Zuxraxon Qahramon qizi – Qoraqalpoq davlat universitetining 2-bosqich talabasi;
- Orinbayeva Yerkinay Quanishbay kizi – Nukus davlat pedagogika institutining 4-bosqich talabasi;
- Zaynobiddinova Durdonabegim Sarvarjon qizi – Andijon davlat tibbiyot institutining 6-bosqich talabasi;
- Mashrabova Muxlisa Alijon qizi – Andijon davlat universitetining 2-bosqich talabasi;
- Davlatova Nafosat Furqat qizi – O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 4-bosqich talabasi (Buxoro viloyati);
- Shonazarova Mushtariy Begim Shavkatovna – Buxoro viloyati Buxoro shahridagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
- Abduvaliyeva Aziza Farhod qizi – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyining 2-bosqich o‘quvchisi (Jizzax viloyati);
- Bahodirova Sevara Bahodir qizi – Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2-bosqich talabasi (Jizzax viloyati);
- G‘o‘chchiyeva Rohilabonu Abdurahmon qizi – O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 3-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati);
- Qurbonova Oftoboyim Husniddinovna – Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining kafedra assistenti;
- Murodullayeva Yulduz Behzod qizi – Navoiy viloyati Navoiy ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
- Sayfullayeva Gulhayo Ixtiyor qizi – Navoiy davlat pedagogika institutining kafedra katta o‘qituvchisi;
- Ahmadaliyeva Nilufar Qobiljon qizi – Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati);
- Jo‘rayeva Gulchexraxon Zokirjon qizi – O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati);
- Orziqulova Hilola Fazliddin qizi – O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 3-bosqich talabasi (Samarqand viloyati);
- Xalilova Mahbuba Asqarali qizi – Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 59-ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabning 12-sinf o‘quvchisi;
- Abdunabiyeva Farangiz Odiljon qizi – Sirdaryo viloyati Guliston olimpiya zaxiralari kollejining 11-sinf o‘quvchisi;
- Alimova E’zoza Zafar qizi – Toshkent davlat pedagogika universitetining 4-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati);
- Qushoqova Gulhayo Bahodir qizi – Surxondaryo viloyati Termiz jamoat salomatligi texnikumining 2-bosqich o‘quvchisi;
- Xolboyeva Aziza Ixtiyarovna – Termiz davlat universitetining tayanch doktoranti;
- Abdusalamova Kumushxon Shakir qizi – Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2-bosqich magistranti (Toshkent viloyati);
- Seit-Asan Feride Ernestovna – O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 1-bosqich magistranti (Toshkent viloyati);
- Naypak Vasilisa Romanovna – Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining 3-bosqich talabasi (Farg‘ona viloyati);
- Oripova Zarnigorxon Matqulbek qizi – Farg‘ona politexnika institutining 1-bosqich magistranti;
- Davletova Ullijon Sapavoy qizi – Urganch davlat universitetining 3-bosqich talabasi;
- Sa’dullayeva Madina Odamboy qizi – Xorazm viloyati Xiva shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi;
- Jamilova Sabina Ulug‘bek qizi – O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 1-bosqich talabasi (Toshkent shahri);
- Rixsiboyeva Madinaxon Qodirjon qizi – Toshkent davlat pedagogika universitetining kafedra o‘qituvchisi (Toshkent shahri).
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Andijonda 40 million dollarlik innovatsion klinika barpo etilishi mumkin
O‘zbekiston | 21:41
-
Xususiy universitetlarga sirtqi ta’limga kirishning aylanma yo‘li paydo bo‘ldi
O‘zbekiston | 21:19
-
Rossiyada sovet qurollari zaxirasi tugab bormoqda
Jahon | 21:19
-
Angren voqeasi: pedofiliya qurboni bo‘lgan o‘smir qiz qonun himoyachilariga yana ko‘zgu tutdi
Jamiyat | 20:44
Mavzuga oid

17:07 / 16.03.2025
“Prezident ishonch bildirgan talaba” - transport vazirining 24 yoshli yordamchisi Kamola Irisqulova hikoyasi

20:33 / 04.03.2024
Prezident «Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi

19:45 / 07.02.2024
Axborot texnologiyalari yo‘nalishida yutuqlarga erishgan xotin-qizlar taqdirlanadi

14:30 / 26.04.2023