Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda Amir Temur qabri ochilgani haqida mish-mish tarqaldi. Fanlar akademiyasi bu feyk ekanini ma’lum qildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda joylashgan Amir Temur qabri ochilgani haqida xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

Foto: KUN.UZ
Fanlar akademiyasining munosabatida yozilishicha, ayrim ijtimoiy tarmoqlarda 2021 yil dekabrida Fanlar akademiyasi Prezidiumining Samarqanddagi Go‘ri Amir maqbarasida Amir Temur qabrini ochish bo‘yicha qarori qabul qilingani va 2022 yil 23 fevral kuni arxeologlar tomonidan maqbara ochilgani haqida xabar tarqalgan.
Ta’kidlanishicha, ushbu xabar yolg‘on. Fanlar akademiyasida ushbu masala muhokama qilinmagan va kun tartibiga qo‘yilmagan. Arxeologlar tomonidan ham hech qanday qazishmalar olib borilmagan va rejalashtirilmagan.
«Shu bilan bir qatorda, xabarda keltirilgan qazishma rahbari deb aytilgan Toshmuhammad Qori-Niyoziy 1970 yilda vafot etgan bo‘lib, birinchi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti hisoblanadi. Umuman olganda, ushbu xabar 1941 yildagi ma’lumotlar asosida tayyorlangan.
Ma’lumot tarzida qayd etish lozimki, Amir Temur maqbarasi 1941 yilning 16-22 iyun kunlari hukumatning maxsus qarori bilan ochilgan bo‘lib, ekspeditsiyaga professor T.Qori-Niyoziy rahbarlik qilgan. Dastlab Amir Temurning o‘g‘illari Mironshoh, Mirzo Shohruh, nevarasi Mirzo Ulug‘bekning, 1941 yilning 19 iyunida esa o‘zining qabri ochilgan.
Undan so‘ng Amir Temurning nevarasi Muhammad Sultonning qabri ham ochilgan. Antropolog M.M.Gerasimov o‘zi yaratgan usul bilan Amir Temur, Mironshoh, Shohruh, Mirzo Ulug‘bek va Muhammad Sultonlarning hujjatli portretlarini yaratgan. 1942 yilning oxirlariga kelib, Amir Temur maqbarasidan qazib olingan suyaklar ilmiy jihatdan o‘rganib bo‘lingach, qaytadan o‘z joylariga dafn etilgan.
Hurmatli jurnalist va blogerlar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, bu kabi asoslantirilmagan yolg‘on xabar va ma’lumotlarni tarqatmasligingizni so‘rab qolamiz!» deyiladi munosabatda.
Ma’lumot uchun, 1941 yil 19 iyunda Amir Temur qabri ochilgan. Oradan ikki kun o‘tib, Germaniya sovet ittifoqiga hujum qilgan. O‘shanda xalq orasida «Amir Temurning qabri ochilgani uchun urush boshlandi», degan mish-mishlar tarqalgan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

21:17 / 25.07.2025
Samarqand shahrining yoshi 3 ming yil deb qayta baholanadi

15:48 / 14.07.2025
The Samarkand express poyezdi loyihasi uchun 25 mln dollar investitsiya kiritilyapti

20:48 / 12.07.2025
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi

22:00 / 05.07.2025