Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Boy davlatga aylanish imkonini yana urushga almashyapmiz» – Navalniy va Dud Rossiyaning harakatlarini qoraladi

AP © Babuskinsky District Court Press Service
Rossiyalik muxolif siyosatchi Aleksey Navalniy Rossiya DXR va LXRni tan olishiga munosabat bildirdi.
«Kecha yulg‘ich o‘g‘rilar yig‘ini bo‘lmish Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini ko‘rdim. Uni ko‘rar ekanman, SSSR kommunistik partiyasidagi nomenklaturachi qariyalarning yig‘ilishi yodga keldi. Ular ham xuddi shunday mashvaratda o‘zlarini «buyuk shaxmat doskasi»da his qilib Afg‘onistonga qo‘shin yuborgandi.
O‘sha vaqtdagi SSSR rahbariyati hamda hozirgi hukumat rahbarlari bir narsani ko‘zlagan: Rossiya xalqini haqiqiy muammolar – iqtisodiyot rivojlanmayotgani, narxlar ko‘tarilishi va qonunsizlikdan chalg‘itish», deb yozdi ayni vaqtda qamoqda qolayotgan siyosatchi.
Siyosatchi Putinning kengash yakunidan keyin qilgan bayonotini ahmoqlik deb atadi: «Uning nutqidagi Ukraina so‘zini Qozog‘iston, Belarus, Boltiqbo‘yi davlatlari, Ozarboyjon, O‘zbekiston yoki hatto Finlandiya deb o‘zgartiring-da, qari cholning geosiyosiy xayollari qayerga olib borayotganini o‘ylang».
Navalniy Afg‘onistonga qo‘shin kiritish SSSR uchun yomon yakunlanganini eslatib, Ukrainaga qarshi agressiya ham Rossiya uchun yaxshilik bilan tugamasligini aytdi.
«Afg‘oniston barbod bo‘ldi, o‘z navbatida SSSR ham halokatli jarohat qabul qilib oldi. Putin sabab yuzlab, keyinchalik esa o‘n minglab rossiyaliklar, ukrainaliklar halok bo‘lishi mumkin. Putin Ukrainani botqoqqa ko‘mib, rivojlangani qo‘ymaydi, ammo Rossiya ham xuddi shunday tovon to‘laydi.
Rossiya uchun kurashish Putin va mulozimlarini ketkazish uchun kurashishdir. Bu ayni damda tinchlik uchun kurashish demak», deb yozdi qamoqda qolayotgan Aleksey Navalniy Telegram-kanalida.
Navalniy Rossiya propagandachilari urush xohlayotganini ham tanqid qildi.
«Rossiya telekanallarini tomosha qilsangiz, Rossiya haqida birorta xabar yo‘q. Faqat Ukraina, AQSh, Yevropa ittifoqi haqida gapirishadi. Marazmatiklar va o‘g‘rilarga propagandaning o‘zi kifoya qilmay qoldi. Ular urush istab qolishdi, dunyo xaritasida tanklarini harakatlantirishni istashmoqda.
Bu borada eng yaxshi o‘xshatishni Twitter’da uchratdim. «Bu ishlar mening bobomni eslatadi. U oilaviy bayramlarda ichib olib siyosiy uydirmalari bilan hammaning boshini qotiradi». Agar bu ichib olgan chol hukumat rahbarligini yadro quroli yordamida o‘zida saqlab qolayotgan 69 yoshli chol bo‘lib chiqmasa, kulgan bo‘lardim», deb yozdi Navalniy Putinga ishora qilib.
Siyosatchi Rossiya urush o‘rniga o‘zini rivojlantirishga e’tibor bersa, hammasi boshqacha bo‘lishini aytdi: «Bizda XXI asrning kuchli rivojlangan davlatiga aylanish uchun hamma narsa bor, neftdan tortib ilmli odamlargacha. Ammo biz normal boy hayotga erishish uchun navbatdagi tarixiy imkonni ham urush, chirkin yolg‘onlar va Gelenjikda oltin burgutli saroy qurishga almashyapmiz. Ukraina emas, Xavfsizlik kengashi va Yedinaya Rossiyadagi o‘g‘rilar mamlakatning dushmanlaridir. Putin o‘ldirishdan to‘xtamoqchi emas. Sizni Vashington emas, Kreml qashshoq qilyapti. Nafaqaxo‘r karamsho‘rvasi ham ikki baravar qimmat bo‘lishiga majbur bo‘layotgan siyosat Londonda emas, Moskvada olib borilyapti».
Rossiyalik taniqli jurnalist Yuriy Dud ham Rossiya hukumatining Ukrainaga nisbatan harakatlarini qoraladi. Dud o‘zining Instagram’dagi sahifasida Rossiya Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini shunday tasvirladi.
«Tarixga qiziquvchi imperator, nosog‘lom fikr, propagandachilardan iborat eskort. Ular Moskvadagi issiqqina kvartiradan turib urush boshlanishini shunchalik mehr bilan qo‘llashdiki, asti qo‘yaverasiz. Ular milliy boyliklarni Voronej, Kamchatka, Nikel va Zapolyarniyni rivojlantirishga sarflash haqida emas, bu boyliklarni nazoratida saqlab qolish uchun qaror qabul qilishdi.
Men bu hukumatni, uning imperatorlarcha g‘azabini qo‘llamaganman. Rossiya mening vatanim, bayrog‘imizni faxr bilan taqib yuraman, lekin Ukraina ham kimlarningdir vatani. Shu kunlarda ularni maksimal darajada qo‘llab-quvvatlayman. Rossiya, Ukraina va dunyoda tinchlik bo‘lsin», deb yozdi Dud o‘z sahifasida.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Prezident Chilonzor tumanidagi loyihalar bilan tanishdi
O‘zbekiston | 20:50
-
Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumanidagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga tashrif buyurdi
O‘zbekiston | 20:35
-
Yevropa komissiyasi Ukrainani qayta tiklash jamg‘armasi tashkil etilishini e’lon qildi
Jahon | 20:32
-
Olmaotada o‘zbekistonliklar halok bo‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha sud hukmi chiqarildi
Jahon | 20:30
Mavzuga oid

21:30 / 22.03.2023
Navalniy hamkasbi Mariya Pevchix xalqaro KQKF rahbari bo‘ladi

17:39 / 17.01.2023
«Rossiya - mening mamlakatim. Men zulmat chekinishiga ishonaman». Aleksey Navalniyning qamoqdan maktubi

23:41 / 22.12.2022
Navalniy jamoasi darknetda «maxfiy shtab-kvartira» ishini muvofiqlashtiruvchi sayt ochdi

21:45 / 02.10.2022