O‘zbekistonda Volkswagen elektromobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi mumkin
2022 yilning 7 fevral kuni O‘zbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov Toshkent shahrida “Folksvagen Grup Rus” MChJ bosh direktori Shtefan Mexa boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda elektromobillar ishlab chiqarish kabi yo‘nalishning rivojlanishi “Folksvagen Grup Rus” MChJda katta qiziqish uyg‘otdi.
“Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda elektromobillar olib kirishda aksiz solig‘i va bojxona to‘lovlari olinmaydi. Bir qator yoqilg‘i quyish shoxobchalari negizida elektromobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari faoliyat ko‘rsatmoqda va bu yo‘nalishda xususiy tadbirkorlik sub’yektlari rivojlanib borayotgani qayd etildi”, deyiladi xabarda.

Xorijiy delegatsiya a’zolari O‘zbekistonda 2030 yilga borib umumiy energetika balansidagi ulushi kamida 25 foizni tashkil etishi rejalashtirilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishdi.

Qayd etilishicha, bu yo‘nalishda 2021 yilda 100 MVt quvvatga ega birinchi quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi, ikkinchisi esa 2022 yilning mart oyida foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. 2024 yilda umumiy quvvati 2,2 GVt bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari obektlarini, shuningdek, quvvati 326 MVt bo‘lgan GESlarni ishga tushirish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid

22:13 / 16.01.2025
Xitoy Volkswagenʼning Germaniyadagi zavodini sotib olishga qiziqish bildirmoqda

23:27 / 27.12.2024
Internetda Volkswagenʼning 800 mingga yaqin elektromobili haydovchilariga oid ma’lumotlar tarqalib ketdi

15:18 / 14.12.2024
10 kun ichida O‘zbekistonning energetika xavfsizligi konsepsiyasi ishlab chiqiladi

20:30 / 02.12.2024