Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Firdavs Abduxoliqov O‘zEOAVMA raisligidan ketdi. Uning o‘rnini Sherzodxon Qudratxo‘ja egalladi
Sherzodxon Tojiddinxon o‘g‘li Qudratxo‘ja O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruv raisi lavozimiga saylandi.
O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining a’zolari umumiy yig‘ilishida assotsiatsiya raisi Firdavs Abduxoliqov o‘z xohishiga binoan lavozimidan ozod etildi.

Abduxoliqov 2019 yil sentyabridan buyon Kinematografiya agentligi («O‘zbekkino») bosh direktori ham hisoblanadi.
UzReport xabar berishicha, uning o‘rniga Sherzodxon Qudratxo‘ja tayinlandi. Shu munosabat bilan u Xalqaro press-klub raisligidan ketgan.

Sherzodxon Qudratxo‘ja 2018 yil mayidan buyon Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori hisoblanadi. U universitet rektori sifatida faoliyatini davom ettiradi.
Firdavs Abduxoliqov 2003 yildan, O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi tashkil etilganidan buyon tashkilot raisi edi. Uning lavozimdan ketishi qizi Amira Rashidova rahbarligidagi «Sevimli» telekanali atrofida ro‘y bergan mojarodan keyin ro‘y berdi.
O‘tgan oyda ushbu telekanaldagi «Sabriya» serialida axloqsiz sahna efirga uzatilgach, Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqovning aralashuvi bilan telekanal bosh direktori va bosh muharriri vazifasidan bo‘shatildi.
Mazkur voqea fonida davlat buyurtmalarini olgan «Sevimli» telekanali Abduxoliqovning oila a’zolariga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi. Holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar to‘qnashuvi borligini tasdiqladi. Ayni paytda holat yuzasidan prokuratura o‘rganish o‘tkazmoqda.
Ma’lumot uchun, Firdavs Abduxoliqov kino sohasida vakolatli davlat organini 2019 yildan buyon boshqarib kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Angren voqeasi: pedofiliya qurboni bo‘lgan o‘smir qiz qonun himoyachilariga yana ko‘zgu tutdi
Jamiyat | 20:44
-
O‘zbekistonda avgust oyida qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?
O‘zbekiston | 20:40
-
Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 20:38
-
Toshkent viloyatida qizining nomusiga tekkan ota 12 yilga qamaldi
Jamiyat | 20:35
Mavzuga oid

23:00 / 04.11.2024
“Afsus, vijdon issiqxonada o‘smaydi" - Sherzodxon Qudratxo‘janing posti e’tirozlarga sabab bo‘ldi

15:45 / 27.10.2024
"Toshkentdagi saylovchilar tushlikka yaqin faollashadi" - Sherzodxon Qudratxo‘ja

22:14 / 16.07.2024
“Qaysi vazirlik kerak-kerakmasligi askiya bilan hal qilinmaydi” - Sherzodxon Qudratxo‘ja

22:31 / 15.07.2024