Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Energetika bozori erkinlashtiriladi
O‘zbekistonda energiya resurslari va tabiiy gaz bozorlari ijtimoiy himoya kafolatlarini belgilagan holda erkinlashtiriladi. Bu – prezident farmoni bilan tasdiqlangan 2022 yilgi davlat dasturida belgilandi.

Farmonga binoan, 2022 yil davomida energetika sohasiga bozor mexanizmlarini olib kirishning huquqiy asoslari yaratiladi.
Dasturda, energoresurslar sohasiga xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish va ehtiyojmand aholini himoya qilish uchun ijtimoiy iste’mol normalarini kiritish ko‘zda tutilgan.
Aprel oyigacha bu borada prezident qarori loyihasi ishlab chiqiladi.
Qaror loyihasi energetika sohasida sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, barcha ishtirokchilarga teng imkoniyatlar berish va narxlarni shakllantirishning shaffof mexanizmlarini joriy qilishga qaratiladi.
Elektr energiya ta’minotida monopoliya bekor qilinadi va sohaga ijtimoiy himoya kafolatlari belgilangan holda bozor mexanizmlari joriy etiladi. Bunda:
- “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning elektr energiyasini “yagona xarid qiluvchi” funksiyasi bekor qilinadi;
- “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga xususiy operatorlarni jalb qilish bo‘yicha asosiy talablar belgilanadi;
- “O‘zbekgidroenergo” AJ kichik va o‘rta investitsiya loyihalariga xususiy investorlarni jalb etadi.
Yuqoridagilarga muvofiq:
- elektr energiyasi va tabiiy gazning raqobatli bozorini tartibga soluvchi mustaqil organ – regulyator,
- yagona xarid qiluvchi funksiyasini bajaruvchi kompaniya,
- milliy dispetcherlik markazi tashkil etiladi.
Davlat dasturiga binoan, 2022 yil aprelgacha ehtiyojmand aholini himoya qilish uchun energiya resurslari bo‘yicha ijtimoiy iste’mol normalarini kiritish bo‘yicha hukumatga takliflar kiritiladi (xalqaro tajribani o‘rgangan holda).
Bundan tashqari, yangi tahrirdagi “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi (2022 yil sentabrgacha) va “Tabiiy gaz to‘g‘risida”gi qonun loyihasi (2022 yil oktyabrgacha) ishlab chiqiladi; Magistral elektr tarmoqlari kodeksini (GrId Code) tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasi (2022 yil iyungacha) tayyorlanadi.
Neft-gaz sohasi
Prezident farmonida neft-gaz sohasida transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish orqali tabiiy gaz ta’minotida ijtimoiy himoya kafolatlari belgilangan holda bozor mexanizmlarini joriy etish belgilangan.
2022 yilgi davlat dasturiga asosan, tabiiy gaz ta’minoti tizimini isloh qilish va raqobat bozorini bosqichma-bosqich shakllantirish to‘g‘risida prezident qarori loyihasi ham tayyorlanadi. Unda quyidagilar belgilanadi:
- “O‘ztransgaz” AJni faqat gazni transportirovka qilish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyaga aylantirish;
- “O‘zbekneftgaz” AJning tashkiliy-huquqiy tuzilmasini dunyoning yetakchi neft-gaz kompaniyalari standartlariga muvofiqlashtirish, bunda jamiyat tasarrufidagi korxonalarda kooperatsiya va autsorsing xizmatlarini joriy etish;
Oktyabr oyiga qadar “Hududgazta’minot” AJ faoliyati yo‘nalishlariga xususiy operatorlarni jalb qilish bo‘yicha asosiy talablar belgilanadi. Bu talablar, xususan, suyultirilgan gazni aholiga yetkazib berish va tabiiy gazni iste’molchilarga yetkazib berish tizimlariga oid bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda daraxtlarni kesishga cheklov bekor qilinishi kerak - tadbirkor Murod Nazarov
O‘zbekiston | 22:53
-
Eron prezidenti avtomobili o‘chib qolganidan keyin taksi chaqirishga majbur bo‘ldi
Jahon | 22:51
-
“Yoshartiruvchi muolaja” - vaqtinchalik taskin: teri salomatligi aslida nimaga bog‘liq?
Jamiyat | 22:33
-
Aholi tashabbuslari uchun maydon, ekologik inspektorlarning kaltaklanishi, YPX xodimining qahramonligi, Toshkentdagi UzFace tizimi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:26
Mavzuga oid

11:24 / 16.07.2025
768 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan nodavlat ta’lim muassasasi aniqlandi

10:03 / 16.07.2025
YeIning yangi sanksiyalari Rossiya nefti narxini 15 foizga tushirishi mumkin

19:18 / 12.07.2025
Ash-Shar’a Bokuga keldi: Ozarboyjon Suriya gaz ta’minotiga yordam bermoqchi

08:02 / 10.07.2025