«Tolibon» Afg‘onistonda talabalar uchun universitetlarni qayta ochishga ruxsat berdi
Muvaqqat hukumatda Oliy ta’lim vazirligi rahbari etib tayinlangan Abdul Baki Haqqoniy qizlarning darslarga kirishiga ruxsat berilishi yoki berilmasligiga aniqlik kiritmagan.

Foto: Rumi Consultancy/ World Bank
Afg‘onistonning bir qancha viloyatlaridagi universitetlarda darslar 2 fevraldan tiklanadi. Bu haqda mamlakatda hokimiyatni egallab olgan «Tolibon» harakati tomonidan tayinlangan muvaqqat hukumatdagi Oliy ta’lim vazirligi rahbari Abdul Boqi Haqqoniy yakshanba kuni vazirlikning Facebook sahifasida e’lon qilingan videomurojaatida ma’lum qildi.
«Iqlimi issiq bo‘lgan viloyatlardagi barcha oliy ta’lim muassasalarida darslar dalva oyining 13-sanasidan (2 fevral) tiklanadi. Sovuq iqlimi bo‘lgan viloyatlarda darslar xut oyining 7-sanasidan (26 fevral) boshlanadi», dedi «Tolibon» vakili. U qizlarning darslarga kiritilishiga aniqlik kiritmagan.
«Hammaga o‘tish davri uchun uch hafta vaqt beriladi, shundan so‘ng har bir universitetda imtihonlar o‘tkaziladi va shundan keyingina yangi semestr boshlanadi», — deya qo‘shimcha qildi Haqqoniy.
Afg‘onistonda issiq iqlimi bo‘lgan viloyatlar: Nangarhor, Qandahor, Nimroz, G‘ilmond, Xost, Paktiya, Paktika va Lagmon.
Afg‘oniston universitetlari va maktablarida darslar o‘tgan yilning avgust oyi oxirida, «Tolibon» tomonidan mamlakatda hokimiyat egallab olinishi ortidan to‘xtatilgan edi. Kichik maktablar 19 sentyabr kuni qayta ochildi, biroq faqat o‘g‘il bolalar va erkak o‘qituvchilarga o‘qishga ruxsat berildi.
Toliblar keyinroq maktab va oliy o‘quv yurtlarida sinflar hamda xonalarni bo‘lish va o‘qituvchilarni taqsimlash bo‘yicha tayyorgarlik ishlari yakunlanganidan keyingina qizlar o‘quv jarayoniga qabul qilinishiga aniqlik kiritdi.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi
O‘zbekiston | 07:05
-
Toshkentda odamlardan intervyu olish bahonasida pul yig‘ib kelgan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 07:01
-
Superliga. «Paxtakor» «Navbahor»ni mag‘lub etdi, «Dinamo»-«Nasaf» o‘yini durang bilan yakunlandi
Sport | 23:58 / 06.07.2025
-
Pokistonda 5 qavatli bino qulab tushdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:25 / 06.07.2025
Mavzuga oid

18:31 / 05.07.2025
«Afg‘onistonda tinchlik va normal davlatchilik bo‘lishiga eng ko‘p intilayotgan davlat – O‘zbekiston» - Kamoliddin Rabbimov

14:24 / 04.07.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston iqtisodiy aloqalarni faollashtirishga kelishib oldi

23:39 / 03.07.2025
Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini tan oldi

18:33 / 03.07.2025