O‘zbekiston | 20:17 / 30.01.2022
7295
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahri va Toshkent viloyatining bir qismida 31 yanvar kuni gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ta’mirlash ishlari tufayli Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir, Mirobod hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim joylarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgaz poytaxt» xabar qildi.

Qayd etilishicha, Toshkent aylanasi bo‘ylab qurilayotgan metro yo‘nalishiga to‘g‘ri kelib qolgan Xonabod ko‘chasidagi yuqori bosim D-720 m, yerosti gaz quvurining yo‘nalishini o‘zgartirish hamda montaj ishlari tugatilgan. Harakatdagi gaz quvurini kesish va ulash ishlari «Hududgaz Poytaxt» GTFning «Yerosti gaz quvurlari xizmati» tomonidan rejalashtirilmoqda.

Shu sababli 2022 yil 31 yanvar kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha Toshkent viloyati Zangiota tumanida, Toshkent shahri Sergeli tumanida hamda Bektemir va Mirobod tumanlari kesishmasidagi Baratxo‘ja, Qo‘yliq ovul, Badaxshon ko‘chalaridagi aholi xonadonlarida hamda ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz qayta tiklanadi.

«Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so‘raymiz», deyiladi xabarda.

Mavzuga oid