Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayrim issiqxonalarga imtiyozlar berildi

Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining “Issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, issiqxona xo‘jaliklarini moliyaviy sog‘lomlashtirish uchun “Buxoro agro” EIZdagi muammoli issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini o‘rganish bo‘yicha respublika ishchi guruhi tashkil etiladi. Ishchi guruhi ikki hafta muddatda ushbu xo‘jaliklarning moddiy-texnika bazasini, iqtisodiy ahvolini va infratuzilma bilan ta’minlanganlik darajasini o‘rganib chiqadi.
“Buxoro agro” EIZdagi issiqxonalarga:
- davlat dasturlari doirasida hamda davlat qarzi evaziga jalb qilinadigan resurslar hisobidan ajratiladigan kreditlar muddati 10 yilgacha hamda ilgari ajratilgan kredit muddatlari 3 yilgacha uzaytiriladi;
- xorijiy valutada ajratilgan kreditlarni milliy valutada qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi shartnomalari mavjud bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlariga foiz xarajatlarining 5 foizdan oshmagan qismi qoplab beriladi;
- tabiiy gaz uchun mavjud qarzdorlikni uzaytirish imkoniyati taqdim etiladi;
- tabiiy gaz uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmaganlik uchun penya miqdori 0,4 foizdan 0,1 foizga tushiriladi, shuningdek 2021 yil 31 dekabr holatiga hisoblangan penya summasi hisobdan chiqariladi;
- tabiiy gaz uchun oshirilgan stavkada to‘lov qo‘llash tartibi bekor qilinadi.
Bunda mazkur imtiyozlar respublika ishchi guruhining o‘rganish natijalariga ko‘ra shakllantirilgan ro‘yxat asosida taqdim etiladi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligiga tajribali va malakali agronom, entomolog, laboratoriya mutaxassislarini “Buxoro agro” EIZdagi issiqxonalarga biriktirish, shuningdek xorijiy agronomlarni jalb qilgan holda davlat dasturlari doirasida kredit ajratilgan issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini auditdan o‘tkazish topshirildi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Vengriya O‘zbekistonda Usmoniylar davriga oid eksponatlarni namoyish etmoqchi
O‘zbekiston | 09:38
-
Klichko Germaniya kanslerini Ukrainaga TAURUS raketalarini berishga chaqirdi
Jahon | 09:14
-
AQSh savdo urushining yangi bosqichi: Tramp - Yaponiya, Koreya va Qozog‘istonga 25% boj soldi
Jahon | 09:05
-
O‘zbekiston va Pokiston o‘zaro savdo hajmini 2 mlrd dollarga yetkazmoqchi
Iqtisodiyot | 08:22
Mavzuga oid

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

07:45 / 21.04.2025
Xitoy bilan hamkorlikda issiqxonalar uchun «aqlli» plyonka ishlab chiqariladi

16:06 / 13.03.2025
«Oltiariqdagi issiq bog‘» - issiqxonada o‘rik yetishtirayotgan eskiarablik bog‘bon hikoyasi

10:45 / 21.02.2025