NYT: Rossiya Ukrainadagi diplomatlarining oilalarini evakuatsiya qila boshladi

Foto: Andrey Ratmirov/TASS
2022 yil boshida Rossiya Ukrainadan o‘z diplomatik xodimlarining oila a’zolarini olib chiqqan. Bu haqda The New York Times amerikalik va ukrainalik amaldorlarga asoslanib xabar tarqatdi.
5 yanvar kuni Ukrainani avtobusda 18 kishi tark etgan, Ukraina maxsus xizmatining yuqori martabali mulozimi shaxsi sir qolishi sharti bilan bergan ma’lumotga ko‘ra, bu guruhning asosiy qismi rossiyalik diplomatlarning rafiqalari va farzandlari bo‘lgan.
Yana bir necha kun o‘tib ularning ortidan Kiyevdagi RF elchixonasi va Lvovdagi konsulxonadan yana 30 nafarga yaqin kishi jo‘nab ketgan. Nashr suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, boshqa ikki konsulxonadagi rossiyalik diplomatlarga ham Ukrainadan evakuatsiya bo‘lishga tayyorlanish bo‘yicha buyruq berilgan.
Nashr manbasi tasdiqlashicha, AQSh tomoni Rossiya Ukrainadagi diplomatlarining oila a’zolarini mamlakatdan olib chiqishga tayyorlanayotgani haqida dekabr oyi oxiridayoq xabar topgandi.
NYT nashrining yozishicha Rossiyaning Ukrainadagi elchixona va konsulxonalari xodimlari qisqartirilishi propaganda, qurolli mojaroga tayyorgarlik yoki hiyla — yoki barchasi birgalikda bo‘lishi mumkin.
O‘z navbatida, TASS agentligi Rossiya TIVga asoslanib, Rossiyaning Kiyevdagi elchixonasi «shtat rejimida ishlayotgani»ni ma’lum qilgan.
Mavzuga oid

14:30 / 05.07.2025
Ukraina sobiq mudofaa vaziri Reznikovning uyida tintuv o‘tkazildi

12:45 / 05.07.2025
NBC: AQShdagi tekshiruvda qurol-yarog‘ taqchilligi aniqlanmadi

18:38 / 04.07.2025
Rossiyaning yozgi yurishi: Ukrainadagi vaziyat bir oy ichida qanday o‘zgardi?

13:50 / 04.07.2025