Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Pitak» o‘tmishda qoladimi: Bs pochta biznesiga sayohat
Bu gal «Business Class» loyihasi O‘zbekistonda pochta xizmatini katta masshtabdagi biznesga aylantirishga muvaffaq bo‘lgan Bs kompaniyasiga yo‘l oldi. Bu kompaniyaning bo‘limlari, xizmat ko‘rsatish turlari, mijozlardan buyurtma olinishi-yu, uni oxirgi manzilgacha yetib borish jarayonini ichkaridan ko‘rsatib berishga harakat qildik.
Bs bosh ofisida kompaniya asoschisi Behzod Jalolov kompaniya tarixi, uning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan bosh omillar haqida so‘zlab berdi.

«Bs kompaniyasiga 2009 yil fevral oyida asos solingan. O‘sha paytlari boshqa biznes turlari bilan shug‘ullanganman va ko‘pchilik qatori viloyatlar o‘rtasidagi hujjat almashishda muammoga duch kelardim. Toshkentdan Buxoroga yoki Samarqandga tovarlar, hujjatlar jo‘natish uchun «pitak»ka borilar va marshrut bo‘yicha qatnovchilar orqali berib yuborilardi. Bunday vaziyatda pochtamiz o‘z manziliga yetmay qolishi, transport yo‘lda buzilib qolishi odatiy hol edi.
Shu kabi muammolarni hal qilish uchun chet el tajribasini o‘rgangan holda Buxoro-Toshkent Service (Bs) xizmat turini yaratdik. Bs nomining kelib chiqish tarixi Buxoro-Toshkent Service bilan bog‘liq bo‘lsa-da, uni keyinchalik Best Trance Solution’ga almashtirganmiz», – deydi u.

«Business Class» loyihasining kulminatsion nuqtasi – bu raqamlar va narxlar ekani kuzatuvchilarimiz uchun yaxshi tanish. Shu bois, xizmat ko‘rsatish narxlari, maoshlar va raqamlar haqidagi savollarga javob oldik.
Jarayon davomida call-markazdagi qaynoq holatni jonli kuzatdik va operatorlar ishi stressli vaziyatlarga boy ekanligiga guvoh bo‘ldik. Aynan shu stressli holatlarni kamaytirish uchun xodimlar 1 kun ishlab, 1 kun dam olishi ta’minlab berilgan.
Buyurtmaga zarar yetsa, kompaniya xarajatlarni qoplab beradimi?
Buyurtmaga zarar yetsa, Bs xarajatlarni qoplab berish-bermasligiga qiziqdik. Buyurtma narxi oldindan aytib o‘tilmagan bo‘lsa kompaniya yetkazib berishga sarflangan mablag‘ning 2 baravarini, buyurtma narxi oldindan aytilgan taqdirda esa xarajatlar to‘liq qoplab berilishi ma’lum bo‘ldi.
Bs kompaniyasi tarkibida ichki akademiya ham mavjud ekan. Kompaniya sifat yuqoriligini xodimlar ishi bilan bog‘laydi, shuning uchun haftasiga 4-5 marta treninglar o‘tkazib turadi.
Bs rahbari Behzod Jalolov mavjud muammolar haqida gapirar ekan, yonilg‘i narxi, transport, u bilan bog‘liq xarajatlarga urg‘u qaratdi. U biznes boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga sarmoya bilan bog‘liq muammoni faqatgina yaxshi g‘oyani investorga taqdim etish orqali yechish kerakligi, bankdan kredit olishga shoshilmaslikni maslahat berdi.
Biznesga oid raqamlar: oylik maosh, daromad, sof foyda haqida videoda batafsil ma’lumot berilgan. Ko‘rsatuvni YouTube’da to‘liq tomosha qiling va video ostiga o‘z fikringizni qoldiring! Eng qiziqarli va kreativ izoh egasi deb topilgan 10 kishiga Bs xizmatlaridan bir marta bepul foydalanish imkoniyati taqdim etiladi. Muddat – 2022 yilning 10 fevraligacha.
«Business Class»ni kuzatib boring, kelgusi sonlar plastik qadoqlovchi kompaniya va zamonaviy barbershoplar haqida bo‘ladi.
Mualliflar:
Eldor Vohidov,
Afzalbek Muhammadjonov
Tasvirchilar:
Mahmud Soliyev,
Nuriddin Nursaidov
Montaj ustasi:
Xayriddin Ayyub
Bs pochta xizmati telefon raqamlari: 1230; +99871 207-08-09
Sayt: bs.uz/uz
Tavsiya etamiz
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
“Ish qilishga kuchim yo‘q”: quvvatsizlik oddiy charchoqmi yoki jiddiy signal?
Sog‘lom hayot | 16:45 / 29.07.2025
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy AQSh tahdidiga qaramay, Rossiya neftini sotib olishdan voz kechmadi
Jahon | 23:46 / 30.07.2025
-
Turkiyada migrantlarning noqonuniy bandligiga qarshi choralar kuchaytirildi
Jahon | 23:20 / 30.07.2025
-
Uy quruvchilarining “qora” ro‘yxati, rus ovchilarining o‘ljasi va issiqxonalarga qo‘llov – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:52 / 30.07.2025
-
Nozimaxon Davletova Prezident Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi konsultanti bo‘ldi
O‘zbekiston | 22:27 / 30.07.2025
Mavzuga oid

11:53 / 06.10.2024
O‘quv markazi, kitob do‘koni va SMM: Ikki yilda uchta biznes ochgan yosh tadbirkor hikoyasi

16:59 / 20.05.2024
O‘zbekistonga jo‘natmalar: Yangi ufqlarga yo‘l

19:31 / 13.07.2022
“O‘zbekistonning silikon vodiysini quryapmiz” - ayti ta’lim giganti

20:57 / 27.06.2022