Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir daqiqada eng ko‘p pul ishlagan sportchilar ro‘yxati tuzildi
Yuqori 20 talikning 17 tasini amerikacha futbol o‘yinchilari egalladi.

Foto: Getty Images
Olbg 2021 yilda bir daqiqalik faoliyatida eng ko‘p pul ishlagan sportchilar ro‘yxatini tuzdi.
Ro‘yxatga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha eng yaxshi natija irlandiyalik MMA jangchisi Konor Makgregorga tegishli. U o‘tgan yili UFC doirasida ikkita jang o‘tkazgan. Konor amerikalik Dastin Pore bilan ikki marta kurashgan va ikkisida ham mag‘lub bo‘lgan.
Makgregor oktagonda jami uch daqiqa vaqtini o‘tkazgan. U bu vaqt davomida 22 million dollar ishlagan. U bir daqiqada 8 mln 695 ming 652 dollar topgan. Irlandiyalik sportchi bir million dollarga yetti soniyada erishgan.
Undan keyingi o‘rinda meksikalik bokschi Saul Alvares joylashdi. U daqiqasiga 444 ming 444 dollar topgan.
Uchinchi o‘rinda amerikacha futbol o‘yinchisi Dak Preskott turibdi. Preskott bir daqiqada 325 ming dollar ishlagan.
Yuqori 20 talikning 17 tasi amerikacha futbol o‘yinchilariga tegishli.
Futbolchi Neymar ro‘yxatda 17-o‘rinda joylashgan. U bir daqiqada 32 ming 716 dollar topgan. Messi 23-, Ronaldu 25-o‘rindan joy oldi.
Tavsiya etamiz
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
“Ish qilishga kuchim yo‘q”: quvvatsizlik oddiy charchoqmi yoki jiddiy signal?
Sog‘lom hayot | 16:45 / 29.07.2025
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy AQSh tahdidiga qaramay, Rossiya neftini sotib olishdan voz kechmadi
Jahon | 23:46 / 30.07.2025
-
Turkiyada migrantlarning noqonuniy bandligiga qarshi choralar kuchaytirildi
Jahon | 23:20 / 30.07.2025
-
Uy quruvchilarining “qora” ro‘yxati, rus ovchilarining o‘ljasi va issiqxonalarga qo‘llov – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:52 / 30.07.2025
-
Nozimaxon Davletova Prezident Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi konsultanti bo‘ldi
O‘zbekiston | 22:27 / 30.07.2025
Mavzuga oid

09:54 / 23.04.2025
Barcha davrlarning eng ko‘p maosh olgan sportchilari ro‘yxati tuzildi

20:58 / 04.11.2024
Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish choralari kuchaytiriladi

18:34 / 29.05.2024
O‘zbekiston xokkey milliy jamoasi jahon chempionatida ishtirok etadi

22:47 / 30.04.2024