Xorazm viloyati IIB tizimida bir qancha tayinlovlar amalga oshirildi
Bog‘ot, Yangibozor va Yangiariq tumanida IIB boshlig‘i o‘zgardi.

Podpolkovnik Axmedov Ergashbek Erkinovich Bog‘ot tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Yangiariq tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Polkovnik Tajimuratov Ilxam Raximbayevich Yangibozor tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Podpolkovnik Yuldashev Temur Azadovich Urganch shahri bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u Xorazm viloyati IIB JQB boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Podpolkovnik Abdullayev Abdulla Xabibullayevich Xorazm viloyati IIB Transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Bog‘ot tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Podpolkovnik Masharipov Azamat Yangibayevich Yangiariq tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Yangibozor tumani IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan.