Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aksilmonopol qo‘mita Qashqadaryodan chigit olib chiqishni taqiqlaganlarga chora ko‘rilishini ma’lum qildi
Qashqadaryo hokimligi “neo-feodallarcha” qo‘ygan taqiq voqeasiga Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi aralashdi. Qo‘mita viloyat hokimligi va IIBdan izoh talab qildi, holat chora ko‘rish uchun o‘rganilmoqda. Savdo-sanoat palatasi va Biznes ombudsman hamon sukutda.

Tadbirkorning 100 tonna chigiti “Umakay”dan o‘tkazilmayapti / Foto: Kun.uz
O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi chigit xomashyosi “Umakay” postidan o‘tkazilmayotgani yuzasidan Qashqadaryo viloyati hokimligi va viloyat IIBga so‘rovnoma yuborgan.
Qo‘mita axborotiga ko‘ra, holat yuzasidan qo‘mitaga ham murojaatlar kelib tushgan. Bu murojaatlar monopoliyaga qarshi qonunchilik hujjatlari doirasida chora ko‘rish uchun o‘rganilmoqda.
Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilindi.
Aksilmonopol organning eslatishicha, 2020 yilda ham 3 ta viloyatda bu kabi holat kuzatilgan. 2020 yil 27 noyabrda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 12-moddasi talablari buzilgani bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 12 oktyabrdagi 225-sonli qaroriga muvofiq Qashqadaryo, Xorazm va Surxondaryo viloyat hokimliklariga hamda ushbu viloyatlarning IIBlariga nisbatan qo‘mita tomonidan ish qo‘zg‘atilgan edi.
O‘shanda qonunchilik talablari buzilgani o‘z tasdig‘ini topgan, shu sababli hokimliklarga va viloyatlarning IIBlariga nisbatan qo‘mita qarori qabul qilingan va ko‘rsatma berilgan.
Eslatib o‘tamiz, ayni kunlarda Qashqadaryo viloyatidagi korxonalar tomonidan birja savdolariga qo‘yilgan chigit mahsulotlarini sotib olganlar o‘z xaridlarini viloyat hududidan olib chiqishda to‘siqlarga uchramoqda.
Kun.uz holat yuzasidan surishtiruvini davom ettirmoqda. Avvalroq dastlabki tafsilotlar e’lon qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
-
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
Fan-texnika | 01:29
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
Mavzuga oid

16:16 / 04.07.2025
Taxtaqoracha dovonida yong‘in chiqdi

15:37 / 20.06.2025
Hisorak suv omboridan Qarshi shahrigacha ichimlik suv tarmog‘i tortiladi

15:31 / 20.06.2025
Prezident Kitobdagi oltin konini auksion asosida tadbirkorlarga berish bo‘yicha topshiriq berdi

15:13 / 20.06.2025