Parkentda turizm uchun maxsus soliq rejimi joriy etiladi
O‘zbekistonda 2026 yilgacha turizm sohasida band bo‘lgan aholi sonini 2 barobar oshirib, 520 ming nafarga yetkazish rejalashtirilmoqda. Bu 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida belgilangan.
Xususan, jami 700 ta joylashtirish vositasini tashkil qilish, shundan 2022 yilda 150 tasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish mo‘ljallangan. 2022 yilda respublika bo‘yicha 500 ta oilaviy mehmon uylari tashkil qilinadi, respublika bo‘yicha 80 ta turistik korxona faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Bundan tashqari, turizm sohasiga tadbirkorlik sub’yektlari va investorlarni jalb qilish ko‘zda tutilgan. Bunda quyidagi ishlar amalga oshiriladi: mahalliy hokimliklar tomonidan turizm sohasiga oid yer uchastkalarini “E-AUKSION” elektron savdo platformasiga chiqarish; alohida yo‘nalishga “halol”, “vegan” va boshqaga ixtisoslashtirilgan umumiy ovqatlanish punktlarini tashkil etish; viloyat markazlarida suvenir do‘konlari, kafeteriylar, restoranlar, choyxonalar, magazinlar, hunarmandchilik do‘konlari tashkil qilish va jozibador ko‘ngilochar xizmatlarni yo‘lga qo‘yish.
Shuningdek, Toshkent viloyati Parkent tumanida turizm uchun maxsus soliq rejimi joriy qilinadi. Bunda, yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik sub’yektlari uch yil davomida aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqlarini hisoblangan summadan 1 foiz miqdorida to‘lash tizimi joriy etiladi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
TMK – O‘zbekistonni kritik minerallar global bozorida trendga chiqarmoqda
O‘zbekiston | 15:00
-
Yevropa bilan gaplashishni xohlamayotgan Eron, Putinning ajabtovur bayonotlari va Iordaniyaga kelgan F-22 eskadroni – kun dayjesti
Jahon | 14:58
-
Yaqin Sharqda urush olovi va Putinning bayonotlari - “Geosiyosat” haftaligi
Jahon | 14:47
-
O‘n minglab bedarak yo‘qolgan suriyalikning taqdiri noma’lumligicha qolmoqda
Jahon | 14:42
Mavzuga oid

15:13 / 20.06.2025
«Oyiga 100 ming odamga xizmat qila oladi» – prezident Chiyal dehqon bozoridagi sharoitlarni yaxshilashga ko‘rsatma berdi

23:06 / 18.06.2025
Shavkat Mirziyoyev «Oltin bel» cho‘qqisidagi tog‘-chang‘i kurorti loyihasi bilan tanishdi

21:18 / 18.06.2025
Isroil sayyohlarga mamlakatdan xavfsiz chiqib ketish imkonini yaratdi

19:28 / 18.06.2025